13-aprel kuni valyuta birjasida dollar kursi biroz oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12667 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 2 so‘m 77 tiyinga oshdi.

Dollar kursi 5-aprel kuni 12685 so‘m, 4-aprel kuni 12680 so‘m, 3-aprelda 12668 so‘m, 1-aprel kuni 12645 so‘m, 29-mart kuni 12628 so‘m, 28-mart kuni 12620 so‘m, 27-mart kuni 12600 so‘m, 20-mart kuni 12575 so‘m bo‘lgandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.