Markaziy bankning 17-aprel holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12671 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 15-aprel kuni belgilangan 12654 so‘m qiymatga nisbatan 12 so‘m 27 tiyinga oshdi.

17-aprel kuni “Infinbank"da sotish kursi 12735 so‘mni tashkil qilmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12730 so‘mdan 12675 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12655 so‘mdan 12590 so‘mgacha yetdi.