O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12654,57 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 12 so‘m 43 tiyinga pasaydi.

Dollar kursi 8-aprel kuni 9 so‘m 20 tiyinga pasayib 12675 so‘mni, 9-aprelda esa 11 so‘m 65 tiyinga pasayib 12664 so‘mni tashkil etgandi.

AQSh valyutasining kursi 5-aprelda 12685 so‘m, 4-aprel kuni 12680 so‘m, 3-aprelda 12668 so‘m, 1-aprel kuni 12645 so‘m, 29-mart kuni 12628 so‘m, 28-mart kuni 12620 so‘m, 27-mart kuni 12600 so‘m, 20-mart kuni 12575 so‘m bo‘lgandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12000 so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilish bo‘ldi.