16-aprel kuni valyuta birjasida dollar kursi ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 671,84 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 17 so‘m 27 tiyinga oshdi.

Dollar kursi 15-aprel kuni 12 so‘m 43 tiyinga pasayib, 12654 so‘m, 8-aprel kuni 9 so‘m 20 tiyinga pasayib 12675 so‘mni, 9-aprelda esa 11 so‘m 65 tiyinga pasayib 12664 so‘mni tashkil etgandi.

AQSh valyutasining kursi 5-aprelda 12 685 so‘m, 4-aprel kuni 12 680 so‘m, 3-aprelda 12 668 so‘m, 1-aprel kuni 12 645 so‘m, 29-mart kuni 12 628 so‘m, 28-mart kuni 12 620 so‘m, 27-mart kuni 12 600 so‘m, 20-mart kuni 12 575 so‘m bo‘lgandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12000 so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilish bo‘ldi.