Banklardagi so‘mdagi eng daromadli omonatlar. 2024-yil iyul oyi bo‘yicha
Mavjud 35ta bankdan 26tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 27,09%ni tashkil qilmoqda.
EPAM direktori Renat Axtyamov tavsiya qilgan 5ta kitob
Renat Axtyamov unga o‘z jamoasini boshqarishda, biznes jarayonlarini qurishda hamda oilasiga vaqtni unumli ajratishda yordam bergan kitoblari bilan o‘rtoqlashdi.
“Taqiqlar ish bermaydi” — marketologlar ommaviy tadbirlarda tovarlarni bepul tarqatish cheklovlari haqida
“Spot” marketologlar va PR-mutaxassislari bilan bepul tarqatish tufayli vaziyat nima uchun yuzaga kelgani, bunga tashrif buyuruvchilar aybdormi, taqiqlar vaziyatni yaxshilashga yordam beradimi va bunday hodisalar yana takrorlanmasligi uchun nima qilish kerakligi haqida suhbatlashdi.
Qo‘llanma: haydovchilik guvohnomasini qanday onlayn yangilash mumkin?
Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish imkoniyati mavjud. Ariza beruvchilar portal orqali topshirganda BHM’ning 0,7 barobarini to‘lashlari kerak.
Nega IT-mutaxassisi Shavkat Karimov AQShdagi uyi, daromadli ishini tashlab, O‘zbekistonga qaytdi?
Microsoft korporatsiyasining sobiq xodimi mamlakatga qaytish sabablari, IT Community’ning nega yaratilgani, IT elektr va internetsiz rivojlanmasligi hamda sohada ta’limning nima uchun muhimligi haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan BYD narxi arzon bo‘ladi — BYD Uzbekistan bosh direktori Shafqatbek Alimov.
Uning qayd etishicha, narxlar xorijdan olib kelib sotilayotgan avtomobillar narxiga nisbatan arzon bo‘ladi. Shuningdek, elektromobillarning tannarxiga eng ta’sir qiluvchi omil akkumulator batareyasidir. - Magistraturaga qabul boshlandi.
Arizalarni magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulgacha jo‘natish mumkin. - 1-sentabrdan yo‘llarni qurish ishlari faqat ruxsatnoma olingandan so‘ng amalga oshiriladi.
Ruxsatnomasiz qurilish va ta’mirlash ishlarini boshlash javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. - Markaziy bank esdalik tangalari va suvenir dizaynlari bo‘yicha tanlov e’lon qildi.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkazilib, g‘oliblar 20 mln so‘mgacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi. - Yaponiyada 3D gologrammali birinchi banknotlar taqdim etildi.
Yangi usul yordamida banknotlarda tasvirlangan shaxslarning portretlari uch o‘lchamli va harakatchan ko‘rinadi, bu esa ularni qalbakilashtirishdan himoya qilishga yordam beradi. - “Tez orada Hamster jamoasi o‘z tokenini TON blokcheyniga chiqaradi” — Pavel Durov.
Mini-ilovadan 3 oyda 240 mlnga yaqin foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Kuniga 4−5 mln nafar yangi foydalanuvchining qo‘shilishi esa, o‘yinni yanada ommalashtirmoqda. - Raqobat qo‘mitasi elektr quvvati ortiqcha hisoblanayotgan holatlarni o‘rganadi.
Holatlarni o‘rganish davomida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi. - Yagona portal orqali yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ustidan shikoyat qilish mumkin.
Qayd etilishicha, mazkur funksiya 1-sentabrdan ish boshlaydi. Yuborilgan shikoyat esa 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. - SES qo‘shimcha ravishda Afg‘onistonning anor ta’mli gazlangan suvini o‘rganmoqda.
Qirg‘izistonda mazkur ichimlikdan zararli bo‘yoq aniqlanganidan keyin ichimlik partiyalari sotuvdan olib qo‘yildi.