O‘zbekistondagi onlayn va oflayn IT-kurslar: o‘quv markazlari, yo‘nalishlar, manzillar va ularning narxi

Spot IT, grafik dizayn va boshqa zamonaviy kasblar bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida ta’lim beruvchi onlayn va oflayn o‘quv markazlaridagi kurslar hamda ularning narxlari haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Xorijdagi o‘zimiznikilar: Amazonda ishlayotgan Fayzulla Abdurahimov hikoyasi

Fayzulla Abdurahimov pandemiya davrida O‘zbekistonda analitika sohasiga qadam qo‘yib, hozirda bu yo‘nalish bo‘yicha AQShdagi Amazon kompaniyasida faoliyat yuritmoqda. U Spot bilan suhbatda Amerika hayoti, ta’lim tizimi, yirik kompaniyalarda ishlash tajribasi bilan bo‘lishdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Avtokreditlar. 2025-yil may oyi bo‘yicha

Hozirda mavjud 35 ta bankdan 23 tasida avtokredit rasmiylashtirish mumkin. Kreditlar bir yildan besh yilgacha, 22,5%dan 33%gacha stavkada taqdim etiladi.
hafta yakuni, yangiliklar


Xorazmdan Fransiyagacha: Navbahor Boudot qanday qilib Lion shahrida o‘z brendiga asos soldi?

Nafaqat mamlakat ichida, balki xorijda ham biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan o‘zbek xotin-qizlari soni ortib bormoqda. Fransiyada Bahor brendiga asos solgan, Xivada esa restoran faoliyatini yo‘lga qo‘ygan Navbahor Baudotni ham omadli tadbirkor ayollardan biri deyish mumkin. U Toshkentga safari chog‘ida Spot’ga intervyu berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Tramp AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo munosabatlarini “to‘liq qayta ishga tushirish"ni e’lon qildi.
    Mamlakatlar o‘zaro tariflarni 90 kunga vaqtincha to‘xtatib turishga kelishib oldi. Amerika tomonidan tariflar 145%dan 30%gacha, Xitoy tomonidan esa 125%dan 10%gacha pasayadi.
  2. O‘zbekistonda kambag‘al oilalar qizil, sariq va yashil toifalarga ajratiladi.
    Ularga toifasidan kelib chiqib, boj, yig‘im va boshqa to‘lovlar uchun 75% gacha chegirma beriladi.
  3. Birinchi marta kichik qoidabuzarlik qilgan haydovchilarga ogohlantirish beriladi.
    Bunda yengil turdagi huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarga YPX inspektori tomonidan ogohlantirish bir yil ichida faqat bir marotaba berilishi mumkin.
  4. 1-iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim joriy etiladi.
    Ikki mamlakat fuqarolari davlatlar hududida 30 kungacha vizasiz bo‘lishlari mumkin. Undan oshgan muddatlar uchun esa viza talab etiladi.
  5. Yevropa Ittifoqining navbatdagi sanksiyalar paketiga O‘zbekiston kompaniyalari kiritilishi mumkin.
    Shuningdek, Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketiga Xitoy, BAA, Turkiya, Serbiya, Vetnam kompaniyalari ham kiritilishi kutilmoqda.
  6. Toshkentda birinchi bosqichda 65 ta turar joy renovatsiyasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
    Poytaxtda umumiy qiymati $25 mlrdlik 717 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan bo‘lib, shundan $7,5 mlrdi 2025-yilda o‘zlashtiriladi.
  7. “Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti” — UzAuto Motors
    Avvalroq Xorazmdagi Damas zavodida arzon minivenlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingandi.
  8. Bolalarga avtomobil boshqaruvini berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
    Prezident 16 ta tumanda maktab o‘quvchilarini kasbga o‘rgatish tizimi yo‘lga qo‘yilmaganini, hokimlar zarur jihoz va xom ashyo olib bermaganini tanqid qildi.
  9. Uzum Market, Olcha hamda Glotr marketpleyslarida kontrafakt mahsulotlar sotilayotgani aniqlandi.
    Natijada Uzum Market’da 220 ga yaqin mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi, qolganlari bo‘yicha huquq egalariga ma’lumotlar yuborilgan.
  10. Uzbekistan Airways mahalliy ekonom-klass reyslari uchun maksimal tariflarni pasaytirdi.
    Amaldagi 10 ta tarif darajasi o‘rniga soddalashtirilgan tartibda 4 ta tarif tizimi joriy etildi. Yangi tarif tarmog‘i 9 ta yo‘nalish uchun amal qiladi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

Aloqa Finance Development mikromoliya tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi

Kompaniyaning asosiy vazifasi mikrobiznes egalariga va o‘z biznesini boshlashni xohlovchi jismoniy shaxslarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishdan iborat.