Humans O‘zbekistonga qarshi da’vo arizasi kiritdi. U davlat organlaridan ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilmoqda
Arbitraj muhokamasi Markaziy bank va O‘zbektelekom kompaniyasining xatti-harakatlari ortidan boshlangan.
Markaziy bank Maroqandga qo‘yilgan cheklovlar sababli Humans bilan arbitraj boshlanganini tasdiqladi
Humans o‘tgan yilning kuzida to‘lov tashkiloti faoliyatini yarim yilga cheklagan regulyator harakatlaridan ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilmoqda.
“Biz qog‘ozdagi tashkilot bo‘lishni xohlamaymiz” — yangidan tashkil etilgan Kichik biznes uyushmasi nima bilan shug‘ullanadi?
Spot uyushma rahbari Kamolat Mirzaliyeva bilan tadbirkorlar qanday muammolarga duch kelayotgani, uyushma ishni qanday yo‘lga qo‘yishi hamda tadbirkorlarga qanday yordam berishi haqida suhbatlashdi.
Kontent tarqatish, shaxsiy yozishmalar hamda feyklarga qarshi kurash — AOKA onlayn platformalarga oid qonun loyihasi haqida
Agentlikka ko‘ra, loyihada blogerlar uchun og‘ir majburiyatlar ko‘rsatilmagan, hujjat amaldagi qonunchilikni yumshatishni nazarda tutadi. Hozirda AOKAning noqonuniy kontentni olib tashlash bo‘yicha so‘rovlarni qondirish darajasi 66% dan ortiqni tashkil etadi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- BAA aeroportida yana O‘zbekiston fuqarolari ushlab turildi. TIV holatga izoh berdi. Amirliklarda xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi sababli xavfsizlik choralari kuchaytirilgani aeroportlarda tekshiruv vaqtlari cho‘zilishiga olib kelgani qayd etilgan.
- Elektr energiyasi tariflarining oshirilishi iste’mol hajmini 10% ga kamaytirdi. O‘tgan yili 500 kub metrgacha tabiiy gaz iste’mol qiluvchilar soni 58% ni tashkil etdi.
- O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar hamda stipendiyalar qanday oshirilmoqda?
1-iyuldan yoshga doir eng kam pensiya 918 ming so‘m, nogironlik pensiyasi 1 mln 12 ming so‘mni tashkil etadi. 1-avgustdan ish haqi hamda stipendiyalar miqdori ham 10% ga oshiriladi. - “Buning uyatli joyi yo‘q” — Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston davlat qarzining o‘sishi haqida.
Bosh vazir o‘rinbosari iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda infratuzilma hamda ijtimoiy sohadagi loyihalar tashqi qarz hisobiga moliyalashtirilishini qayd etdi. - O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy dunyoning eng yirik oltin sotuvchisi bo‘ldi.
Markaziy bank aprel oyida 11 tonna qimmatbaho metall sotdi, yillik hisobda sof oltin savdosi 26 tonnani tashkil etdi. - 1-iyuldan boshqa pensiya va nafaqalar miqdori qanchaga oshiriladi?
Endi zarur ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 820 ming so‘m, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori esa 1,012 mln so‘mni tashkil etadi. - “Tarmoqdan foydalanib, xarajatlarini to‘lamayapti” — O‘zbektelekom Humans da’vosiga javob berdi.
Davlat operatori Humans uzoq vaqt shartnoma majburiyatlarini buzib kelgani, qarzdorlikni undirish maqsadida sudga da’vo arizasini kiritganini ma’lum qildi. 8-may kuni Toshkent shahar iqtisodiy sudi Humans’ga nisbatan qaror chiqardi. - 2025−2026-o‘quv yili uchun OTMlarga hujjat topshirish boshlandi.
Abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali 5-iyundan 25-iyungacha onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. OTMlarga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi. - O‘zbektelekom Humans’dan 520 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lashni talab qilmoqda.
8-may kuni Toshkent shahar iqtisodiy sudi davlat kompaniyasining ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi da’vosini qanoatlantirdi. Humans apellyatsiya shikoyatini berdi. - Gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiyaga arizalar qabuli boshlandi.
Arizalarni Inson ijtimoiy xizmatlar markazi hamda mahallalardagi ijtimoiy xodim yoki 1140 qisqa raqami orqali yuborish mumkin.