O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 715,13 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 45 so‘m 8 tiyinga pasaydi.
11-iyun kuni merika valyutasining rasmiy kursi 27 so‘m 81 tiyinga pasayib, 12 646,56 so‘mni tashkil qilgandi.
Dollarning rasmiy kursi 2024-yil 4-sentabridan beri bunday eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.
May oyida milliy valyuta dollarga nisbatan 164,9 so‘mga yoki 1,28% ga qimmatlab, 12 768,26 so‘mni tashkil qildi. Oy davomida dollar 12 900 so‘mdan yuqori pozitsiyani saqlab qoldi va 17-apreldan beri birinchi marta 12 980 so‘mlik chegarani kesib o‘tdi. Biroq, 27−30 may kunlari milliy valyuta keskin 170 so‘mdan ko‘proqqa mustahkamlanib, may oyini 2024-yil 4-oktabrdan beri eng yuqori ko‘rsatkich bilan yakunladi.
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Abror Mirzo Olimov Spot’ga bergan izohida 2025-yilda milliy valyuta kursining barqarorligi sabablarini tushuntirgandi.
“Birinchidan, [dollar] kursiga pul o‘tkazmalari oqimining ko‘payishi ta’sir qiladi. Ikkinchidan, bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yaxshi kirib kelmoqda. Uchinchidan, birinchi chorakda import ilgargi katta ta’sir ko‘rsatgan darajada o‘smadi. Shuningdek, oltinni hisobga olmaganda tovarlar eksporti ham oshdi”, — dedi Markaziy bank rahbari o‘rinbosari.
Avvalroq yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning davlat qarzi $2,22 mlrdga oshib, $42,4 mlrddan ortiqni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.