“Ta'limni ustav kapitaliga emas, natijasiga qarab baholash kerak” — ekspertlar xususiy OTMlarga qo‘yilayotgan yangi talablar haqida
O‘zbekistonda xususiy OTMlarga talab kuchaytirilmoqda. Spot iqtisodchilar va universitetlar vakillarining yangi qoidalar amaldagi oliy o‘quv yurtlari faoliyatiga va umuman xususiy ta’lim rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqidagi fikrlarini to‘pladi.
O‘zbekistonning tashqi qarzi $4,3 mlrdga o‘sib, $68,4 mlrdga yetdi
Birinchi chorakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi deyarli ikki baravarga oshib, $752,3 mlnni tashkil etdi.
“Men ham rulda yurib, 15−20 daqiqa tirbandlikda turdim” — prezident
Davlat rahbari yo‘llardagi tirbandliklarni tanqid qilib, bu odamlar kayfiyatiga ta’sir qilishini, ular uylariga kech kirib borishini ta’kidladi.
Zumerlar qo‘rqinchlimi? Ekspertlarning yosh avlodni ishga yollash haqidagi fikrlari
Zumerlar mehnat bozoriga o‘zgacha qadriyatlar, talablar va karyera haqidagi tasavvurlar bilan kirib kelmoqda — bu esa ko‘plab ish beruvchilarda savollarni tug‘dirmoqda. Spot yosh avlodning kirib kelishi natijasida mehnat bozori qanday o‘zgarayotgani, ular bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish usullari haqida ish beruvchilar hamda bandlik sohasidagi mutaxassislar bilan suhbatlashdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- 1-avgustdan chiqindidan qarzdorligi bor fuqarolarga elektr energiyasi uchun to‘lovlar cheklanadi.
Yangi tartib 1-iyuldan keyin shakllangan qarzdorliklarga nisbatan qo‘llaniladi. - Toshkent propiskasi to‘g‘risidagi qonun bekor qilinmoqda.
Uning o‘rniga yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning xabardor qilish tartibi joriy etiladi. - YouTube sun’iy intellekt orqali yaratilgan videolarni monetizatsiya qilishni kamaytiradi.
15-iyul kuni monetizatsiya siyosatiga kiritiladigan o‘zgartirishlar bilan qaysi turdagi kontent daromad keltirishi, qaysi biriga pul to‘lanmasligi haqida batafsil ko‘rsatmalar qo‘shiladi. - O‘zbekistonda eskirgan avtomobillardan foydalanishni to‘xtatish rejalashtirilmoqda.
YHXX boshlig‘i Sherzod Ibragimov ishlab chiqarilganiga ko‘p yillar bo‘lgan transport vositalari ekspluatatsiyasi bo‘yicha alohida tartib ishlab chiqilishini ma’lum qildi. - O‘zbekiston o‘z dronlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mahalliy korxonalar dronlar uchun elektron komponentlar va dasturiy ta’minot ishlab chiqarishni o‘zlashtirmoqda. Mahalliylashtirish darajasi — 80%. - Saidazim Gulyamov UzAuto Motors Powertrain bosh direktori etib tasdiqlandi.
2024-yil oxiridan buyon u davlat kompaniyasiga vaqtinchalik rahbarlik qilib kelayotgandi. U bilan 1 yilga mehnat shartnomasi tuziladi. - Qurilish vazirligi Uchtepa City turar-joy majmuasi qurilishini to‘xtatdi.
Inspeksiya tomonidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda tasdiqlangan loyiha hujjatlaridan chetga chiqish holatlari aniqlangan. - Ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabuli boshlandi.
Talabgorlar arizalarni Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona portal orqali jo‘natishlari mumkin. - 11-iyuldan O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish to‘xtatiladi.
Bu qaror shu vaqtgacha mamlakatda qog‘ozda topshirilgan test javoblarining internetga sizdirilishi fonida qabul qilingan. - O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda $1,11 mlrdga kamaydi.
Markaziy bankning xalqaro aktivlari $48,55 mlrdni tashkil etdi. Oltin zaxiralari qiymati rekord ko‘rsatkichni yangilab $38,42 mlrdga yetdi.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
“Tiffani bilan nonushta”: Bon! Metropol’da afsonaviy film uslubidagi 27-filialini ochdi
Yangi filial mehmonlarni “Tiffani bilan nonushta” filmi ruhida — klassik uslub, ertalabki nafislik va sevimli qahva bilan Yunusobod tumanidagi Metropol turar-joy majmuasida nonushta qilishga taklif etadi.
Kompaniya yoki mahsulotga nom tanlashdagi xatolar: brending bo‘yicha ekspert maslahat berdi
“Mountain” agentligi rahbari, brending bo‘yicha mutaxassis Behzod Esonov o‘zining sohadagi fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.