Banklardagi so‘mdagi eng daromadli omonatlar. 2025-yil avgust oyi bo‘yicha

Mavjud 35 ta bankdan 24 tasida so‘mda omonat ochish mumkin. Maksimal stavka 23% ni tashkil etadi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Foydalanuvchi uchun $18: ekspertlar Click va Halyk Bank o‘rtasidagi bitimni qanday baholamoqda?

Spot Gafurov, Kardash & Partners hamkorlari bilan bitim tuzilishi, uning ehtimoliy strategik sabablari va tomonlar uchun xavf-xatarlari, baholashning adolatliligi, shuningdek, O‘zbekiston bozori va investitsiya muhiti uchun ehtimoliy oqibatlarini muhokama qildi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Kreativ iqtisodiyot: Lola Sayfining Human House’ni saqlab qolishi, $200 minglik qayta qurish hamda hunarmandlarning muammolari haqida

Spot Human House asoschisi Lola Sayfi bilan loyihani qanday boshlagani, uning yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qolgani, shuningdek, O‘zbekistonda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qanday tizimli muammolar to‘sqinlik qilayotgani haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Avtokreditlar. 2025-yil avgust oyi bo‘yicha

Kreditlarni bir yildan besh yilgacha olish mumkin, 22,5% dan 33% gacha stavkada taqdim etiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Mahsulot menejeri kim va u nima ish qiladi? Mutaxassis fikri

Uzum’ning IT mahsulot menejeri Dilnoza Nasriyeva Spot’ga mahsulot menejerining asosiy vazifalari, sohadagi stereotiplar hamda IT’da ayollarning o‘rni haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Uch qahramon bozorida yirik yong‘in yuz berdi. Tafsilotlar.
    Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sabablari hamda yetkazilgan zarar miqdorlari aniqlanmoqda.
  2. Toshkentdagi Grand Mir Hotel mehmonxonasi o‘rnida biznes markazi qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida nimalar ma’lum?
    26-avgustdan boshlab Booking.comda mehmonxona yopilgani sababli xonalarni band qilish imkoniyati mavjud emas. Yangi loyiha allaqachon Respublika arxitektura va shaharsozlik kengashiga kiritilgan.
  3. Rasmiy maosh oluvchilar oyligi norasmiy ishchilarnikiga nisbatan 1,3 mln so‘mga yuqori — ITIM.
    Markaz direktori Obid Hakimovning qayd etishicha, hozirda mamlakatdagi korxonalarning 22%ida norasmiy ishchilar mavjud bo‘lib, ular jami xodimlarning 13%ini tashkil etadi.
  4. 2026-yildan YTT va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun aylanma solig‘i 1% gacha pasaytiriladi.
    Chakana savdo qoidalarining majburiy talabi sifatida elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun maxsus QR-kodning mavjudli bo‘lishi belgilanmoqda.
  5. O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 5,1% gacha kamaydi.
    Yil boshidan buyon ko‘rsatkich 0,4% ga pasaygan. Bugungi kunda ishlashga tayyor fuqarolarning 14,6 mlni ish bilan band.
  6. Toshkentda 1-oktabrdan issiqlik va issiq suv tariflarini oshirish rejalashtirilmoqda.
    Fuqarolar uchun tariflar 15% gacha, biznes uchun 40% gacha, budjet tashkilotlari uchun esa 19% gacha ko‘tarilishi mumkin.
  7. Elektron soliq xizmatlari portalida texnik nosozlik kuzatilayotgani maʼlum bo‘ldi.
    Mutaxassislar my3.soliq.uz tizimdagi nosozlikni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Nosozliklar hal etilgach, barcha maʼlumotlar tiklanib, noto‘g‘ri yechilgan mablag‘lar qaytariladi.
  8. O‘zbekistonda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.
    Unga investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov rahbarlik qiladi. Agentlik to‘qimachilik, charm va ipak sanoatiga mas’ul bo‘ladi.
  9. YTT va o‘zini o‘zi band qilganlarga to‘lovlar uchun QR kod bo‘lishi majburiy etib belgilandi.
    Maxsus QR kod mavjud emasligi nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo‘llamaslikka tenglashtiriladi.
  10. Yangi Toshkentning birinchi metro liniyasi qurilishi 2026-yil oxirigacha yakunlanadi.
    Turkiya kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha qiymati $110 mlnni tashkil etib, uning doirasida 8 km uzunlikdagi 3 ta bekatdan iborat metro quriladi.
  11. Uch qahramon bozoridagi yong‘indan ko‘rilgan zarar qariyb $6 mlnga baholanmoqda.
    Jami 137 nafar tadbirkor yong‘indan zarar ko‘rdi, 8 ming kvadrat metr maydondagi 277 ta do‘kon shikastlangan. Yong‘in sababi sifatida elektr simlarida yuzaga kelgan avariya aytilmoqda.
  12. Markaziy bank kredit oluvchilar uchun chek-list joriy etishni taklif qilmoqda.
    Qayd etilishicha, chek-listda qarzdorlikni rasmiylashtirish bilan bog‘liq shartlar va xatarlar tushuntiriladi.
  13. “Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflarini oshirishdan boshqa yo‘l yo‘q” — Veolia Energy Tashkent.
    Aholi uchun tariflarni muzlatish kelajakda keskin o‘sishga olib keladi. Bu yiliga 30% emas, balki 40−50% gacha yetishi mumkin.
  14. “Maxsustrans yomon ahvolda, korxona zarari — 45 mlrd so‘m” — Toshkent shahar hokimi.
    Poytaxtga 34 ta yangi chiqindi tashish mashinasi sotib olindi, haydovchilarning ish haqi esa 4 mln so‘mdan 8 mln so‘mgacha oshirildi. Qo‘shimcha 480 ta chiqindi yig‘ish shoxobchalari tashkil etilmoqda.
  15. Biznes uchun issiqlik ta’minotiga tariflar bosqichma-bosqich davlat tashkilotlari darajasiga tushiriladi.
    Veolia Energy Tashkent 1-oktabrda tariflar oshirilgach, aholi umumiy tarifning 19,7%ini to‘laydi, davlat subsidiyalari esa umumiy tarifning 80% dan ortig‘ini tashkil etadi.