Tadbirkorlar kuni munosabati bilan prezident soha vakillaridan 49 nafarini mukofotladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Farmon bilan, tadbirkorlar olti xil turdagi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Jumladan, Anglesey Food korxonasi (Korzinka) kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, Akfa Group kompaniyalar guruhi asoschisi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.
Shu bilan birga, N‘medov kompaniyalar guruhi taʼsischisi Nurulla Ruzemuxamedov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan, TBC Uzbekistan bosh direktori Nikoloz Kurdiani “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
To‘liq ro‘yxat quyidagicha:
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan
- Abdulloyev Kamol Talatovich — Samarqand shahridagi Sam Antep Gilam ta’sischisi, Samarqand viloyati;
- Ismoilov Abdulxoshim Mamasobirovich — Andijon tumanidagi Ravon taraqqiyot orzusi ta’sischisi, Andijon viloyati
- Mamatdjanov Farxod Faxritdinovich — Uztex to‘qimachilik korxonalari guruhi direktorlar kengashi raisi
- Xashimov Zafar Kamilevich — Toshkent shahridagi Anglesey Food kuzatuv kengashi raisi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator” faxriy unvoni bilan
- Raxmanberdiyev Gappar — Toshkent kimyo-texnologiya institutining sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi kafedrasi professori.
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
- Artikxodjayev Jaxongir Abidovich — Toshkent shahridagi Akfa Group kompaniyalar guruhi asoschisi.
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
- Abdurayimov Boxodir Tursinovich — Chortoq tumanidagi Chartak Mineral Water ta’sischisi, Namangan viloyati;
- Bobojonov Dilshod Maxmudovich — Shofirkon tumanidagi Leichter Kamalak Textilien qo‘shma korxonasi rahbari, Buxoro viloyati;
- Muxtorxonov Nuritdin Komolidinovich — Parkent tumanidagi Meridian Tempo rahbari, Toshkent viloyati;
- Ruzemuxamedov Nurulla Sunnatullayevich — Olmazor tumanidagi N’medov kompaniyalar guruhi ta’sischisi, Toshkent shahri.
“Do‘stlik” ordeni bilan
- Abbosxo‘jayev Azizxo‘ja Avazxo‘ja o‘g‘li — Olmazor tumanidagi Grand Pharm Trade ta’sischisi, Toshkent shahri;
- Abidov Temur Tashtemirovich — Shahrisabz shahridagi Shakhrisabz Med Center ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati;
- Zokirov Farxodjon Latipovich — Xo‘jaobod tumanidagi Xo‘jaobod Fayz-M ta’sischisi, Andijon viloyati;
- Kasimbayeva Madina Anvarovna — Shayxontohur tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, kashtachilik-so‘zana ustasi, Toshkent shahri;
- Kurdiani Nikoloz — TBC Uzbekistan bosh direktori;
- Maxmudov Murabit Adilxanovich — Zomin tumanidagi Zomin Brewery direktorlar kengashi raisi, Jizzax viloyati;
- Nasirov Murod Rashodovich — Chilonzor tumanidagi Group of Navbahor ta’sischisi, Toshkent shahri;
- Sadikov Rustam Nasirovich — Chilonzor tumanidagi Tarleplast ta’sischisi, Toshkent shahri;
- Saliyeva Palzada Jiyenbayevna — Kegeyli tumanidagi Arzio‘ fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston;
- To‘rayev Zafar Suyunovich — Urgut tumanidagi SXF Big Stroy Building ta’sischisi, Samarqand viloyati;
- Ergashev Shuxrat Sharipovich — Bulung‘ur tumanidagi Samarkand Garden plast direktorlar kengashi raisi, Samarqand viloyati.
“Shuhrat” medali bilan
- Abduraxmanov Ilxomjon Tursunovich — Paxtakor tumanidagi Paxtakor Teks rahbari, Jizzax viloyati;
- Akramov Murod Ikramovich — Zangiota tumanidagi Technologies of Real Time ta’sischisi, Toshkent viloyati;
- Aliyev Shuxratbek Erkinovich — Asaka tumanidagi Baraka hamkor parranda rahbari, Andijon viloyati;
- Amonov Muxtar Raxmatovich — Buxoro davlat universitetining kimyo va neft-gaz texnologiyalari kafedrasi professori, Buxoro viloyati;
- Babakulova Yulduz Abdugaffarovna — Guliston tumanidagi Yulduz Abdug‘afforovna fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati;
- Botirov Akram Gafurovich — Davlatobod tumanidagi Interior Mega Max rahbari, Namangan viloyati;
- Burxanxodjayev Saidazim Vaxidovich — Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi ITF Group LLC logistika kompaniyasi ijrochi direktori;
- G‘oziyeva Dilnoza Axmadjanovna — Yunusobod tumanidagi Perfect Design Arh ta’sischisi, Toshkent shahri;
- Jalolov Elyorjon Madaminovich — Quva tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi, Farg‘ona viloyati;
- Ilxomov Shuxrat Sharifovich — Qibray tumanidagi Navruz International Corp ta’sischisi, Toshkent viloyati;
- Karabayev Muzaffar Maxamadaliyevich — Datasite Technology va SiteLabs kompaniyalari asoschisi;
- Kerimbayev G‘ayratdin Umarovich — To‘rtko‘l tumanidagi 115-To‘rtko‘l avtokorxonasi ta’sischisi, Qoraqalpog‘iston;
- Komilov Nasimjon Qobiljonovich — Samarqand shahridagi STD Health Med ta’sischisi, Samarqand viloyati;
- Kosimov Sayot Salimovich — Kogon tumanidagi Kogon Mars Plyus rahbari, Buxoro viloyati;
- Qodirov Muzaffar Muxitdinovich — Yashnobod tumanidagi MEP Group ta’sischisi, Toshkent shahri;
- Mamutova Maxira Aminaddinovna — Nukus shahridagi Good Cafe rahbari, Qoraqalpog‘iston;
- Mahmatmurodov Sherzod Beknazarovich — Qamashi tumanidagi Nurmanova Xurshida sabzavotchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati;
- Numanova Olga Leonidovna — InFinBank boshqaruvi raisi;
- Rajabov Botir Jo‘rayevich — Bandixon tumanidagi Omad fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati;
- Rustamov Ulug‘bek Shaxzodovich — Click rahbari;
- Saidkamalov Noxid Nasirjanovich — Andijon shahridagi Grand Tehnolog ta’sischisi, Andijon viloyati;
- Safarov Mirjamol Abdisamatovich — Qarshi shahridagi Qashqadaryo maxsus montaj servis ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati;
- Sultanmuratova Gulnora Urunovna — Urganch shahridagi Star Kids Plus rahbari, Xorazm viloyati;
- Tuxtaniyazov Botirjon Muxtarovich — Toshkent tumanidagi To‘xtaniyoz ota fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati;
- Xakimov Mirxayot Mirxamidovich — Angren shahridagi National Ceramics ta’sischisi, Toshkent viloyati;
- Xamidova Zarina Istamtoshevna — Nurota tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, hunarmand-kashtachi, Navoiy viloyati;
- Xikmatov Furkat Shuxratovich — Parkent tumanidagi Batu Export ta’sischisi, Toshkent viloyati;
- Xodjayev Jasurbek Majidovich — Toshkent shahridagi Inha universiteti professori.
2022-yilning avgustida prezidentning tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotida davlat rahbari biznes vakillari uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” unvonini ta’sis etish taklifini bildirgandi.
Shuningdek, o‘sha yildan O‘zbekistonda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. 2024-yilda ham prezident farmoyishi bilan jami 104 nafar biznes vakili mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlangandi.
2024-yilning sentabrida “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor unvoni” ta’sis etildi. Mazkur unvon bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan biznes vakillari taqdirlanadi.