Tadbirkorlar bilan uchrashuvda davlat rahbari mamlakat taraqqiyotida eng katta hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkorlarning e’tibordan chetda qolib ketayotganiga alohida to‘xtaldi.

Xususan, boshqa sohalar kabi tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan soha vakillari uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” unvonini ta’sis etishni taklif qildi.

“Ko‘p ish o‘rinlari yaratgan, biznesning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, o‘z sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obro‘ topgan biznes vakillarini munosib e’tirof etish uchun „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor“ faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qilaman”, — dedi prezident.

Bundan avval O‘zbekistonda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni ta’sis etilib, 100 nafar faol tadbirkor taqdirlangandi.


Avvalroq Prezident tadbirkorlarning 2 trillion so‘mlik qarzlaridan voz kechishni taklif qilgandi.