Prezident tadbirkorlarning 2 trln so‘mlik qarzlaridan voz kechishni taklif qildi.

“Tadbirkorlarning oshirilgan soliq stavkalari bo‘yicha hisoblangan 2 trillion so‘mlik qarzlaridan butunlay voz kechsak, nima deysizlar?”, — deya tadbirkorlarga murojaat qildi davlat rahbari.

Avval oshirib hisoblangan soliqlar bo‘yicha 19 ming tadbirkordan murojaatlar kelgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘liq bekor qilinadi.

Birinchi marta xato qilgan kichik biznes vakillariga jazo chorasi qo‘llanilmaydi.

Buning o‘rniga kamchiliklarni bartaraf etishga soliq idoralari ko‘makchi bo‘ladigan tizim joriy etiladi.

Jarimalar miqdori ham tadbirkorlarning to‘layotgan solig‘idan oshib ketmasligi kerakligi qo‘shimcha qilindi.


Avvalroq, 2023-yildan boshlab QQS stavkasi 12%ga tushirilishi ma’lum qilingandi.