2023-yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 12%ga tushiriladi. Bu haqda Prezident tadbirkorlar bilan muloqotda ta’kidladi.

“Ochiq aytishim kerak, „iqtisodiyot pandemiya tufayli hali to‘liq tiklanmadi, jahon iqtisodiyotidagi vaziyat yaxshi emas, shu sababli buni keyinga qoldiraylik“, deb taklif berganlar ham bo‘ldi. Lekin sizlarni ishontirib aytaman, biz islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz”, — dedi prezident.

2023-yildan boshlab, ushbu soliq stavkasini 15% dan 12%ga tushirilishi 2021-yil sentabr oyida ma’lum bo‘lgandi. Ungacha QQS 2020-yilda 20%dan 15%ga tushirilgan.

Shuningdek, 2023-yildan boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4%dan 25%gacha bo‘lgan stavkalari o‘rniga yagona 4%li soliq stavkasi joriy etiladi.

Bunda, olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2%li stavkalar saqlab qolinadi.

Yoki, ular ixtiyoriy ravishda yiliga 20−30 mlnn so‘m to‘lasa, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq idoralariga taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi.