Prezident qarori bilan O‘zbekistonda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

Hujjat bilan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash, respublikaning eksport salohiyatini oshirish hamda innovatsiyalar joriy qilishda munosib hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar ko‘krak nishon bilan rag‘batlantiriladi.

Ko‘krak nishoni har yili 20 avgust — Tadbirkorlar kuni arafasida beriladi.

Har yili “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar haqida “Yilning ilg‘or tadbirkorlari” kitobi chop etilishi belgilandi.

Shuningdek, farmoyishga muvofiq, tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan 100 ta tadbirkor mazkur ko‘krak nishon bilan taqdirlandi.

Taqdirlangan tadbirkorlar ro‘yxati bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.


Avvalroq “Spot” oldingi va hozirgi vaqtda tadbirkorlar faoliyatida qanday o‘zgarishlar bo‘layotgani haqida yozgandi.