Chevrolet Uzbekistan o‘zining Telegram-kanalida tizer e’lon qilib, yangi avtomobil modelini e’lon qildi. Yangi model 25-avgust kuni taqdim etiladi.
“Yangi darajadagi quvvat va hashamat birlashgan model yaqinlashmoqda. Uning silueti ortida — kuch, texnologiya va mukammal dizayn uyg‘unligi. Bu oddiy avtomobil emas — bu yangi tajriba, yangi hayot ritmi”, — deyiladi tizerda.
Spot yangi model bo‘yicha UzAuto Motors matbuot xizmatiga murojaat qildi. Biroq avtomobil ishlab chiqaruvchisi izoh berishdan bosh tortdi. Avstrostrada nashri avtomobilning yangi modeli Chevrolet Tahoe 2025 to‘liq o‘lchamli SUV ekanligini taxmin qildi.
Chevrolet veb-saytida “yangi” Chevrolet Tahoe yo‘ltanlamas taqdim etildi. RST jihozlash darajasining narxi 1,1 trln so‘mdan boshlanadi (Markaziy bank kursi bo‘yicha $88,9 ming). Model 343 ot kuchiga ega 5,3 litrli V8 benzinli dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 10 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan ishlaydi va 100 kilometrga o‘rtacha 12,6 litr yoqilg‘i sarflaydi.
Moskvadagi rasmiy diler — Major Auto Chevrolet veb-saytidagi xabar matni UzAuto Motors tomonidan e’lon qilingan ma’lumot bilan to‘liq mos keladi.
Chevrolet’ning rasmiy veb-saytida RST komplektatsiyasining narxi $67 mingdan boshlanadi.
Aprel oyida Chevrolet Malibu, Traverse va Tahoe avtomobillarining sotuvini vaqtincha to‘xtatilganligi ma’lum bo‘ldi. UzAuto Motors ushbu rusumdagi avtomobillarga to‘liq buyurtma berilganligini ma’lum qilib, yaqin vaqt ichida ularning sotuvini qayta boshlashga va’da berdi.
Avvalroq Spot O‘zbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqaruvchilar va rasmiy dilerlarning ro‘yxati tasdiqlangani haqida yozgandi.