O‘zbekiston islomiy bank tizimini joriy etishga tayyorlanmoqda. Bu nima beradi?

Spot mutaxassislar bilan O‘zbekistonga islomiy banking nima uchun kerakligi, u bozorni qanday o‘zgartirishi va oddiy foydalanuvchi uchun nima berishini muhokama qildi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Prezident yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishiga start berdi

Loyihaning birinchi bosqichida $2,5 mlrd sarmoya hisobiga aerovokzal va aerodrom qurilib, yiliga 20 mln yo‘lovchi, 129 ming tonna yuk va soatiga 30 ta parvozga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Temiryo‘l vagonida boshlangan biznes: Keng Makon 30 yildan ortiq vaqt davomida oilaviy biznesni qanday rivojlantirib kelmoqda?

Keng Makon mebel fabrikasi rahbari Saidmurod Saidnabiyev Spot’ga ishlab chiqarish jarayoni qanday yo‘lga qo‘yilgani, nima uchun O‘zbekiston mebel bozorida raqobat teng emasligi hamda kompaniya bugun qanday yo‘nalishda rivojlanayotgani haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qanday ko‘rinishda bo‘ladi? Foto

Havo bandargohi Yangiyo‘ldan 7 km sharqda quriladi. Hozirgi aeroportdan ungacha bo‘lgan masofa 15 kmdan oshadi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Uzum O‘zbekiston pochtasiga sarmoya kiritishga tayyorligini ma’lum qildi.
    Kompaniya infratuzilmani modernizatsiya qilish, logistika, shuningdek, O‘zbekiston pochtasi’da raqamli yechimlarni joriy etishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi.
  2. Rossiyaning Wildberries marketpleysi UzPost pochta operatoridagi davlat ulushini sotib oldi.
    OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuvga ancha vaqt tayyorgarlik ko‘rilgan va Wildberries’ning O‘zbekistonda ulkan qiziqishlari bor. Bitim qiymati noma’lum.
  3. Chernogoriya o‘zbekistonliklar uchun vaqtinchalik vizasiz rejimni bekor qildi.
    Hukumat bu qarorni Yevropa Ittifoqiga a’zolik yo‘lida viza siyosatini uyg‘unlashtirish zarurati bilan izohladi.
  4. UzAuto Motors 3-noyabrdan Chevrolet Cobalt uchun kontraktatsiyani ochadi. Narxlar.
    Kompaniya yangi Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi. Style MCM 156,1 mln so‘m, Midnight MCM esa 165,2 mln so‘mni tashkil etadi.
  5. Incheon yangi Toshkent aeroporti qurilishida konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.
    Bu bo‘yicha Janubiy Koreya kompaniyasi bilan qiymati $24,5 mlnlik kelishuv imzolandi. Kompaniya 2027-yildan boshqaruv va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maslahat berib boradi.
  6. Toshkentda 10 ta ko‘chada 51 km uzunlikdagi BRT tezyurar avtobus yo‘laklari ishga tushiriladi. Xarita.
    Qayd etilishicha, 2030-yilga borib $126 mlnlik loyiha 1,14 mln yo‘lovchini qamrab oladi. Avtobuslar tezligi oshadi, oraliq intervallar qisqaradi.
  7. Kredit reklamalarida moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirish berib boriladi.
    Raqobat qo‘mitasi Markaziy bank bilan bu bo‘yicha qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritishga qaratilgan loyihani ishlab chiqdi.
  8. Toshkentga kirishdagi postlar ko‘chiriladi, shahar atrofida avtovokzal va avtoturargohlar quriladi.
    Loyihalashtirish ishlarini joriy yilda, qurilishni esa 2026-yilning boshida boshlash rejalashtirilgan.
  9. Markaziy bank sentabrda 8 ta bankni jarimaga tortdi.
    Shuningdek, 7 ta bank va 13 ta to‘lov tashkiloti sanksiyalar borasida ogohlantirildi.
  10. Oson fintex xoldingi Tojikiston va Qirg‘iziston bozorlariga chiqmoqda.
    Har ikki davlatga $5 mlndan ortiq investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Qirg‘izistonda Oson kriptovalyuta bilan ishlash niyatida.