Pizza Hut fast-fud restoranlari tarmog‘i Buyuk Britaniyada 68 ta pitsseriya va yetkazib berish uchun ishlaydigan 11 ta nuqtani yopishni rejalashtirmoqda, deb yozadi The Guardian.

Nuqtalarning yopilishi va 1210 ta ish o‘rinlarining qisqarishi Buyuk Britaniyadagi muassasalarini boshqaradigan kompaniya tashqi boshqaruvga o‘tganidan keyin sodir bo‘ldi.

Pizza Hut global brendiga, shuningdek KFC va Taco Bell restoranlariga egalik qiluvchi Amerikaning Yum! Brands kompaniyasi tarmoqning qolgan qismini sotib oldi va mamlakatdagi 64 ta restoranni saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu bitim 1277 nafar xodimning kelajagini ta’minlash imkonini beradi.

Restoranlarning yopilishi Directional Capital nomli Amerika xususiy investitsiya kompaniyasi tomonidan Britaniya Pizza Hut franshizasini sotib olganidan atigi to‘qqiz oy o‘tgach sodir bo‘ldi.

Bu kompaniya allaqachon Shvetsiya va Daniyadagi Pizza Hut restoranlarini boshqarayotgan edi.

O‘zbekistondagi birinchi Pizza Hut restorani 2024-yil iyul oyi boshida ochilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, yil oxirigacha 4ta filial, jumladan, Tashkent City Mall va Seoul Mun’da ishga tushirilishi rejalashtirilgani qayd etilgandi.


Avvalroq Spot Turkiyada 500dan ortiq KFC va Pizza Hut restoranlari vaqtincha yopilishsi haqida yozgandi.

Mazkur tarmoqlarga egalik qiluvchi “Yum! Brands” kompaniyasi yopilishga franshizaning bekor qilinishi, mahsulotlar sifatidagi muammolar va daromadlarning kamayishini sabab qilib ko‘rsatdi.