Avvalroq Shavkat Mirziyoyevga temir yo‘l sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi yillar uchun rejalar taqdimot qilingani haqida xabar berilgandi. Temir yo‘l sohasi o‘tgan yilni birinchi marta sof foyda bilan yakunladi va joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekiston temir yo‘llari'ning sof foydasi 800 mlrd so‘mdan oshdi.

Kompaniya boshqaruvi raisi Zufar Narzullayevning taqdimotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida davlat kompaniyasining sof foydasi 857,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Joriy yil yakuni bilan O‘zbekiston temir yo‘llari'ning sof foydasi 1,19 trln so‘mni tashkil etishi prognoz qilinmoqda, bu o‘tgan yilga (46,6 mlrd so‘m) nisbatan 25 barobar ko‘pdir. 2023-yilda kompaniya zarari 2,28 trln so‘mni tashkil etgan.

o‘zbekiston temir yo‘llari, temir yo‘l, zufar narzullayev, prezident, ilhom mahkamov, tannarx, poyezd qatnovi, narxlar, tariflar, sof foyda

Transport vaziri Ilhom Mahkamov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida O‘zbekiston temir yo‘llari'ni transformatsiya qilishni davom ettirish va xizmatlar tannarxini pasaytirish rejalari haqida ma’lum qildi. Joriy yil yakuni bilan “juda katta miqdordagi sof foyda” kutilayotganiga qaramay, amaldor buni yetarli emas deb baholadi.

Vazir prezident kompaniya xizmatlari tannarxini 20% dan ortiqqa kamaytirish va xizmat turlaridan kelib chiqqan holda tariflarni pasaytirish bo‘yicha topshiriq berganini qayd etdi.

Xususan, tashishlarni hisobga olishdan tortib, transport oqimlarini boshqarishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda sun’iy intellektga asoslangan nazoratni joriy etish, xarajatlarni tahlil qilish va ehtimoliy yo‘qotishlarni aniqlash tannarxni 20% ga kamaytirish imkonini beradi.

Oktabr oyi oxirida Ilhom Mahkamov prezident O‘zbekiston temir yo‘llari, Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports kabi yirik kompaniyalarga xizmat tannarxini kamida 20% gacha pasaytirish vazifasini yil yakuniga qadar yakunlashni topshirganini ma’lum qilgandi.

Avvalroq Spot O‘zbekiston 250 ta yo‘lovchi vagoni ishlab chiqarish va Xitoydan 88 ta lokomotiv sotib olishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.