Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev “Sun'iy intellekt va raqamlashtirish masalalari bo‘yicha qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi va “Sun'iy intellekt to‘g‘risida"gi qonunlarni tasdiqladi.
Endi ta’minlanmagan raqamli aktivlar (kriptovalyuta, tokenlar) aylanishiga butun Qozog‘iston hududida ruxsat berildi. Shu paytgacha bunday aktivlarning aylanishiga faqat “Ostona” xalqaro moliya markazi hududida ruxsat berilgan edi.
Yangi qonun ushbu cheklovni olib tashlaydi va tegishli litsenziya olish sharti bilan butun mamlakat bo‘ylab kriptovalyutalar aylanishiga va birjalar faoliyatiga ruxsat beradi.
Shuningdek, bekor qilingan aktivlarning katta qismini birjalar orqali sotish talabi bekor qilindi. Qozog‘istonlik YTT va yuridik shaxslarga mayning bilan shug‘ullanishga rasman ruxsat berildi, deb yozadi RBK Kripto.
Ikkinchi qonun sun’iy intellektni tartibga solish tamoyillarini mustahkamlaydi: qonuniylik, adolatlilik, tenglik, shaffoflik va tushunarlilik, inson farovonligi va iroda erkinligining ustuvorligi, ma’lumotlarni himoya qilish va xavfsizlik.
Sun’iy intellekt tizimlari xavf darajasi bo‘yicha taqsimlanadi — minimal, o‘rtacha, yuqori. Yuqori xavf tizimlari kuchaytirilgan himoya va nazoratga ega bo‘ladi. Inson aralashuvisiz qaror qabul qiluvchi to‘liq avtonom tizimlar taqiqlangan.
Avvalroq Spot Qirg‘izistonda barcha mayning fermalar qish oxirigacha o‘chirilgani haqida yozgandi.
Mamlakat Energetika vazirligi To‘xtag‘ul suv omborida suv tanqisligi sharoitida elektr energiyasini tejash choralarini ko‘rmoqda.
