Instagram blogerlarning postlarida ularning roziligisiz “o‘xshash mahsulotlar” tugmasini sinovdan o‘tkazmoqda.
2026-yil fevral oyi oxirida bloger Juliya Beroltsxaymer Instagramdagi postlarida “Obrazni xarid qilish” tugmasi paydo bo‘lganini ma’lum qildi.
Bu tugmani bosganda, foydalanuvchilarga suratda aks etgan narsalarga o‘xshash mahsulotlarni xarid qilish taklif etiladi.
Beroltsxaymerning so‘zlariga ko‘ra, xizmat havolalarni uning roziligisiz qo‘shgan. Shu bilan birga, havolalar u o‘zi reklama qilgan mahsulotlarga emas, balki taniqli brendlarning arzon nusxalarini sotuvchi boshqa do‘konlarga olib borardi.
“Mening obunachilarga tanimagan brendlarning soxta va tasodifiy mahsulotlari ko‘rsatildi. Mening nomimdan, mening suratim ostida”, — dedi u.
Bu esa auditoriyaning ishonchini kamaytiradi va blogerni brendlar tomonidan to‘lanadigan mablag‘lardan mahrum qiladi, Meta esa reklama orqali qo‘shimcha daromad imkoniyatini oladi, deya tushuntirdi Juliya.
Meta kompaniyasi The Verge nashriga bu funksiyani “cheklangan sinovdan” o‘tkazayotganini tasdiqladi, lekin savdodan komissiya olmaydi.
Funksiya foydalanuvchilarga qiziqarli mahsulotlarni topishda yordam berishi kerak, deyiladi kompaniya bayonotida.
2025-yil sentyabr oyida TikTok shunga o‘xshash funksiyani sinovdan o‘tkazish haqida xabar bergan edi.
Foydalanuvchi videoni pauza qilganda, tasmada “O‘xshashlarni topish” tugmasi paydo bo‘ladi.
Xizmat sun’iy intellekt yordamida videolarni tahlil qiladi va TikTok Shop’da o‘xshash mahsulotlarni ko‘rsatadi.
Avvalroq Spot Instagram ota-onalarni ogohlantirish tizimini ishga tushirishi haqida yozgandi.
Mazkur tizim o‘smirlar suitsid yoki o‘zini jarohatlashga oid atamalarni qisqa vaqt ichida takroran qidirsa, ota-onalarga xabar beradi.