O‘zbekistondagi Bellissimo pitsaxonalari tarmog‘i Olmaota shahridagi ilgari Papa John’s xalqaro tarmog‘i brendi ostida faoliyat yuritgan 6 ta savdo nuqtalarida ishga tushirilmoqda. Bu haqda tarmoq matbuot xizmati Spot’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu qaror Bellissimo Pizza’ning Qozog‘istondagi keng ko‘lamli ekspansiyasining mantiqiy davomidir.
Binolar ijaraga olingan, uskunalarni esa Papa John’s franshizasidan o‘tgan haftada xarid qilingan.
Tarmoqning Ostonada birinchi restorani sentabrda ochildi, yana ikkitasi yil oxirigacha ochiladi. Bellissimo Pizza brendi ostida yangilangan restoranlarning bosqichma-bosqich ochilishi 2025-yil dekabr oyining oxiridan boshlanadi.
Lokatsiyalarning umumiy soni sentabr oyidan beri Qozog‘iston poytaxtida faoliyat yuritayotgan bitta lokatsiyani qo‘shganda 10 taga yetadi.
“Qozog‘iston bozori bizga Bellissimo Pizza o‘z muxlislarini tezda topadigan ta’m ekanligini ko‘rsatdi. Mehmonlar bizning pitsamizni yuqori baholadilar. Bu bizni oldinga siljishga va Qozog‘istondagi ishtirokimizni yuqori sur’atlar bilan kengaytirishga ilhomlantirdi”, — dedi kompaniya asoschisi Farrux Abdullayev.
Bellissimo Pizza tarmog‘i joriy yilning may oyida Qozog‘istonda ishga tushirish rejalarini e’lon qilib, uni “butun Markaziy Osiyo bo‘ylab yanada rivojlanish uchun strategik start” deb atadi.
Kompaniya dastlabki uchta restoranni o‘z boshqaruvida ochishga qaror qildi va buni mahalliy talabning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va o‘z jarayonlarini moslashtirish zarurati bilan izohladi.
2028-yilga kelib kompaniyaning maqsadi Qozog‘istonda filiallar sonini qariyb 200 taga yetkazish bo‘lib, bunda asosan milliondan ortiq aholisi bo‘lgan shaharlarga e’tibor qaratiladi va franchayzing tarmog‘i faol rivojlantiriladi.
Avvalroq Bon! Qozog‘istonda o‘zining birinchi filialini ochgani haqida xabar berilgandi.
Tarmoqning birinchi filiali Chimkentda ochilgan bo‘lib, yaqin 3−4 yil ichida mamlakatda jami 30 ga yaqin filial ochish rejalashtirilmoqda.
