Samsung uyali aloqasiz ovozli va video qo‘ng‘iroqlar, xabarlar yuborish hamda sun’iy yo‘ldoshlar orqali geopozitsiyani aniqlash uchun mo‘ljallangan Exynos Modem 5410 qurilmasini taqdim etdi.

Techradar nashrining xabar berishicha, bu modem Galaxy S26 turkumidagi modellarga o‘rnatilishi ehtimoli mavjud.

Kompaniya Amerikaning Skylo sun’iy yo‘ldosh xizmatlari provayderi bilan hamkorlik qiladi. Bu funksiyalar ishlashiga mintaqaviy cheklovlar qo‘yishi mumkin.

Exynos Modem 5410 14,79 Gbit/s gacha bo‘lgan yuqori 5G tezligini ta’minlaydi. U o‘z ichiga uchta standartni qamrab oladi: audio va video uzatish uchun LTE DTC, matnli xabarlar uchun NB-IoT NTN hamda ko‘proq resurs talab qiladigan vazifalar uchun NR-NTN.

Kompaniya, shuningdek, Galaxy Z Flip8 va Galaxy S26 smartfonlarida paydo bo‘ladigan Exynos 2600 mobil protsessorini ham chiqardi.

Samsung smartfonlarida sun’iy yo‘ldosh aloqasi imkoniyatlari kengaytirilgani to‘g‘risida rasmiy tasdiqlash yo‘q. OAV xabar berishicha, Galaxy S26 taqdimoti 2026-yilning fevral oyida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Avvalroq Samsung smartfonlarida tejamkorlik qilishni boshlashi haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, kompaniya tejamkorlik uchun kelajakdagi smartfonlarga yanada ilg‘or kameralarni joriy qilmaydi.