Toshkent metropoliteni bayram kunlari metro qanday harakatlanishini ma’lum qildi.
“Yangi yil bayrami munosabati bilan poytaxt aholisiga va mehmonlariga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida „Toshkent metropoliteni“ DUK tomonidan metro harakati rejimiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Xususan, bayram kechasida fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida metro poyezdlari 31-dekabr kuni soat 05:00 dan 1-yanvar kuni soat 01:00 ga qadar uzluksiz ravishda xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, Yangi yil munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlarida metro poyezdlarining harakat oralig‘i quyidagi tartibda tashkil etiladi:
- 2025-yil 31-dekabr hamda 2026-yil 2-yanvar kunlari — metro poyezdlari shanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi.
- 2026-yil 1-yanvar kuni — poyezdlar yakshanba kuni uchun belgilangan jadval bo‘yicha qatnaydi.
Shuningdek, 5-yanvar — dushanba kuni barcha uchun ish kuni hisoblanib, ushbu sanada metro harakati odatiy ish kunlari jadvali asosida tashkil etiladi.
Toshkent metropoliteni yo‘lovchilardan belgilangan jadval va harakat vaqtlariga amal qilgan holda xizmatlardan unumli foydalanishlarini so‘raydi.
Shunindek, Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi bayram kunlari avtobus yo‘nalishlari harakati haqida xabar berdi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan 2025-yil 31-dekabr kuni shahar avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar soat 01:00 ga qadar amalga oshiriladi.
2026-yil 1-dekabrdan 2026-yil 4-yanvar kuniga qadar shahar avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar yakshanba kuni uchun belgilangan ish tartibi asosida tashkil etiladi.
