Bank “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasidagi loyihalarni izchil ravishda amalga oshirmoqda, shu orqali ekologik vaziyatni yaxshilash va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat madaniyatini shakllantirishga hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, ANORBANK aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratib, turli ijtimoiy guruhlar, jumladan, mamlakatning hududlari uchun ta’lim tashabbuslarini amalga oshirmoqda.
Mijozlar bazasi va raqamli xizmatlarning o‘sishi
Faol raqamlashtirish tufayli ANORBANK rekord miqdordagi mijozlarni jalb etdi: bugungi kunda 3,25 milliondan ortiq kishi bank xizmatlaridan foydalanmoqda, bu 2024-yilga nisbatan 1,02 millionga ko‘p (+46%). Mobil ilova 18,1 million martadan ortiq yuklab olingan bo‘lib, bu 5,47 million yuklab olishga (+43%) o‘sgan.
Jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar hajmi ham sezilarli darajada oshdi: 2025-yilda 9,0 trillion so‘mlik kreditlar ajratildi, bu 2024-yilga nisbatan 47 foiz ko‘p.
Ushbu ko‘rsatkichlar jismoniy shaxslarning yuqori darajadagi ishonchini va istalgan vaqtda hamda joyda tez va xavfsiz operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi mobil xizmatlarning samaradorligini aks ettiradi.
Omonatlar va moliyaviy barqarorlik
Mijozlarning omonatlari hajmi 2024-yilga nisbatan 47 foizga oshib, 8,23 trillion so‘mga yetdi, bu esa omonatchilarning bank faoliyatining barcha yo‘nalishlariga bo‘lgan ishonchi yuqori ekanini tasdiqlaydi.
Bugungi kunda ANORBANK qulay va moslashuvchan so‘m omonatlaridan biri — “MILLIY HAR KUNLIK"ni yillik 21 foiz daromadlilik bilan taklif etmoqda. Foizlar har kuni hisoblanib, avtomatik ravishda Mastercard Milliy kartasiga o‘tkaziladi, mablag‘larni esa zarurat tug‘ilganda to‘ldirish va qisman yechib olish mumkin.
Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi bosqichi
ANORBANK mijozlar qulayligini ta’minlash maqsadida Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda xizmat ko‘rsatish nuqtasini ochdi. Sayohatchilar bevosita tranzit hududida bank kartasini rasmiylashtirishi, naqd pulsiz omonat ochishi, mikroqarz olishi va istalgan bank mahsuloti bo‘yicha maslahat olishlari mumkin.
Bundan tashqari, bank noyob valyuta ayirboshlash xizmati -AnorEx'ni ishga tushirdi. Endi mijozlar ANORBANK ilovasida dollarni bank belgilagan chegara doirasida o‘zlari xohlagan kurs bo‘yicha tez va oson ayirboshlashlari mumkin. Bu xizmat jismoniy shaxslarga masofaviy identifikatsiyadan so‘ng taqdim etiladi va ayirboshlash to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank orqali amalga oshiriladi. Foydalanuvchilar boshqa mijozlarning joriy takliflarini ko‘rib, o‘zlari uchun qulay kursni tanlashlari mumkin.
Kelajakda bank raqamli va an’anaviy xizmatlar turlarini kengaytirish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va innovatsiyalarni joriy etishni davom ettiradi, millionlab mijozlarning ishonchli moliyaviy hamkoriligicha qoladi.
Korporativ mijozlar faolligi va korporativ segmentni rivojlantirish
Korporativ mijozlar operatsion faoliyatni yuritish va moliyaviy oqimlarni boshqarish uchun ANORBANK yechimlaridan faol foydalanishni davom ettirmoqda. Bu esa biznes muhitida bank mahsulotlariga bo‘lgan talabni tasdiqlaydi.
Bugungi kunda ANORBANK 25 855 ta faol korporativ mijozga xizmat ko‘rsatmoqda. Hisobot davrida bankka 5 294 ta yangi yuridik shaxs qo‘shildi. Bu esa biznesning ANORBANK’ning raqamli va an’anaviy bank yechimlariga bo‘lgan barqaror qiziqishidan dalolat beradi.
ANORBANK biznesga ishonchli, zamonaviy va haqiqiy ehtiyojlarga moslashtirilgan moliyaviy yechimlarni taklif etish orqali korporativ segmentni izchil rivojlantirmoqda.
Bankning ijtimoiy vazifasi
ANORBANK insonlar va jamiyatga haqiqiy foyda keltiradigan, tabiatni asrash, ta’limni rivojlantirish va yosh avlodni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni faol ravishda boshlab beradi va qo‘llab-quvvatlaydi:
Ekologik tashabbuslar — 62-, 331-, 299-maktablar va “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 500 dan ortiq daraxt ekildi, 20 ta havo tozalagich o‘rnatildi. Bu esa 7 mingdan ziyod o‘quvchini toza havo bilan ta’minladi.
Ta’lim loyihalari — Qashqadaryo viloyatida 450 nafar o‘quvchi moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ta’lim oldi; Andijon viloyatida aholi uchun treninglar, jumladan, tadbirkorlik asoslari bo‘yicha dasturlar amalga oshirilmoqda.
Bolalarni qo‘llab-quvvatlash — bankning 5 yilligi munosabati bilan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilaridan 100 nafari uchun bayram tadbiri uyushtirildi; Bo‘stonliq tumanidagi 125-sonli maktab-internat tarbiyalanuvchilariga Yangi yil arafasida 150 ta sovg‘a va kanselariya buyumlari to‘plamlari topshirildi.
Ta’lim tashabbuslari — Farengeyt Press bilan hamkorlikda Usborne nashriyotining mashhur ta’lim turkumidan “Money for Beginners” (“Pul: Boshlang‘ich saboqlar”) kitobi o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
Tarixiy xotirani saqlash — 9-may va Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan 8 nafar faxriyning jangovar mukofotlari qayta tiklandi.
ANORBANK uchun amalga oshirilayotgan tashabbuslar jamiyatga yordam berishi, ta’lim va ekologiyani qo‘llab-quvvatlashi hamda rivojlanish va o‘sish uchun sharoit yaratishi muhim hisoblanadi.
Kelajak rejalari
Bank mijozlar bazasini kengaytirish, xizmatlar ko‘lamini oshirish va raqamli platformani faol rivojlantirishni davom ettiradi, shu orqali barcha mijozlar uchun xizmatlarning eng yuqori qulayligi va foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.
Reklama huquqlari asosida.
