Biznes-ombudsman tadbirkorlik subyektlarida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar faoliyati bo‘yicha reyting baholash natijalarini e‘lon qildi. Bu haqda tashkilot mabuot xizmati xabar berdi.

Mazkur reyting prezident farmoni (PF-184-son) talablari asosida ishlab chiqilgan va Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan mezonlar asosida shakllantirildi.

O‘tkazilgan baholash yakunlariga ko‘ra, 7 ta nazorat organining ko‘rsatkichi “Yaxshi” deb topildi. Yana 10 tasiniki “Qoniqarli” deya belgilangan bo‘lsa, 27 ta organ “Qoniqarsiz” deya baholandi.

Eng yuqori ballni Hisob palatasi oldi (95 ball). Undan keyingi o‘rinni esa 90 ball bilan O‘zarxiv agentilgi egalladi.

“Reyting tizimi nazorat qiluvchi organlar faoliyatining shaffofligini ta‘minlash va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishda tizimli kamchiliklarni aniqlashga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.

Yaxshi (80−100 ball)

95 ball

  • Hisob palatasi

90 ball

  • O‘zarxiv agentligi

85 ball

  • Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi
  • Kinematografiya agentligi
  • Fuqaro aviatsiyasi agentligi
  • “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi
  • Narkotiklar va o‘g‘otar qurollarni nazorat qilish agentligi

Qoniqarli (55−80 ball)

75 ball

  • Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

70 ball

  • Turizm qo‘mitasi
  • Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
  • Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
  • Bojxona qo‘mitasi

65 ball

  • Markaziy bank
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi
  • Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

60 ball

  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi
  • Ichki ishlar vazirligi

Qoniqarsiz (55 balldan past)

30 ball

  • O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

25 ball

  • Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi
  • Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi
  • Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi

20 ball

  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi
  • Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
  • O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi
  • Transport nazorati inspeksiyasi
  • Adliya vazirligi
  • Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi
  • Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
  • Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
  • Migratsiya agentligi
  • Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi
  • Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi
  • O‘zenergoinspeksiya

15 ball

  • Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
  • Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
  • Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
  • Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
  • Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
  • Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasi
  • Kadastr agentligi
  • Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi

10 ball

  • Madaniy meros agentligi

5 ball

  • Soliq qo‘mitasi

Avvalroq Toshkentda soliq idoralari rahbarlari ishdan olinib, ulardan biriga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.