«tadbirkorlar» tegli maqolalar
12 sentabr 2026, 15:29 Biznes
15-oktabrdan O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish boshlanadi
Jarayon 30-noyabrgacha davom etadi, 2027-yildan mikrofirma va kichik korxonalar tanlanma kuzatuvlar uchun yiliga faqat bir marta tanlab olinadi.
12 sentabr 2026, 13:03 Iqtisodiyot
Ayrim oilalarni kooperatsiyaga jalb qilgan tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha kredit beriladi
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda kichik va o‘rta tadbirkorlarga kredit foiz xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.
8 sentabr 2026, 11:48 Biznes
O‘zbekistondagi 315 ming tadbirkor penya to‘lashdan qutuldi
Buning uchun tadbirkorlar 1-sentabrgacha yuzaga kelgan soliq qarzini joriy yil oxirigacha to‘liq to‘lashi kerak.
3 sentabr 2026, 16:24 Biznes
Qoraqalpog‘istonda tadbirkorga qo‘llanilgan 1 mlrd so‘mlik jarima bekor qilindi
Korxona 1 ming tonnadan ortiq sholi savdosi bo‘yicha EHFni texnik nosozlik sabab kechroq tizimga kiritgan.
28 avgust 2026, 18:02 Biznes
Kichik biznesni tekshirishga uch yilga moratoriy e‘lon qilindi
2027-yil 1-yanvardan tadbirkorlarga moliyaviy jarima qo‘llashda Birinchi xato uchun — ogohlantirish qoidasi ham joriy etiladi.
28 avgust 2026, 15:23 Biznes
Dubayda O‘zbekiston Ishbilarmonlar kengashi ish boshladi
Kengash o‘zbek kompaniyalarining BAA bozoridagi ishtirokini kengaytirish va investorlarni istiqbolli loyihalarga jalb etishni maqsad qilgan.
26 avgust 2026, 12:16 Biznes
Andijonda tadbirkordan asossiz yechib olingan 404 mln so‘m qaytarildi
Soliq boshqarmasi boshqa korxonaning soliq qarzi uchun tadbirkorning hisob raqamidan mablag‘ yechib olgan.
25 avgust 2026, 11:42 Biznes
Tadbirkorlar markirovka bilan bog‘liq shubhali holatlarni onlayn tekshira oladi
Shubhali holatlar xizmati orqali markirovka kodisiz yoki dublikat kod bilan sotilgan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.
21 avgust 2026, 12:28 Biznes
Toshkentda tadbirkorlarning e‘tirozlaridan so‘ng dizayn-kodga yondashuv o‘zgartirildi
Asosiy e‘tibor talablarni tushuntirish va tadbirkorlar bilan yuzaga keladigan masalalarni individual ko‘rib chiqishga qaratiladi.
19 avgust 2026, 16:07 Biznes
Ortiqxo‘jayev Yangi Toshkentda davlat idoralari binolarini xususiy kompaniyalar hisobidan qurishni taklif qildi
Davlat obyektlarni uzoq muddatli ijaraga oladi, buning uchun yer ajratish, qurilish va binolarga xizmat ko‘rsatishga mablag‘ sarflamaydi.
18 avgust 2026, 14:13 Biznes
Mehmonxonalarga kredit, soliq va subsidiya: turizm biznesiga yangi imtiyozlar beriladi
Sohaga $50 mln resurs ajratilib, mehmonxonalar uchun 16%li kreditlar beriladi hamda soliq va subsidiya imtiyozlari uzaytiriladi.
18 avgust 2026, 13:58 Biznes
Jarima pul yig‘ish uchun emas, intizom uchun xizmat qilishi kerak — prezident
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar uchun barcha turdagi moliyaviy jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobarga kamaytirilishini ma’lum qildi.
18 avgust 2026, 13:33 Biznes
Eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun 25 ta davlatda “eksport elchilari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Shuningdek, eksportdagi muddati o‘tgan qarzdorlikni qoplash uchun bankka kiritilgan valyuta eksport tushumi deb hisoblanadi.
18 avgust 2026, 13:28 Biznes
O‘zbekistonda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e‘lon qilinadi
Moratoriy inson salomatligi va boshqa tadbirkorlar manfaatlariga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha tekshiruvlarga tatbiq etiladi.
18 avgust 2026, 13:12 Biznes
O‘zbekistonlik eksportchilarning marketpleyslardagi xarajatlari 50%gacha qoplab beriladi
Yagona qo‘llab-quvvatlash tizimiga kamida $1 mlrd yo‘naltirilib, xalqaro tenderlar uchun konsalting xarajatlarining 80%i kompensatsiya qilinadi.
18 avgust 2026, 12:34 Biznes
Tadbirkorlar uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 15% ga tushiriladi
ASKUE va ASKUG tizimlariga ulangan hamda to‘lov intizomini buzmagan korxonalar yangi tartibdan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
18 avgust 2026, 12:18 Biznes
Kichik biznes uchun garov talablari yengillashtiriladi, davlat aktivlarini sotib olishda avans 15%gacha kamaytiriladi
10 mlrd so‘mgacha kredit olishda tadbirkorga 25% garov ta‘minoti yetarli bo‘ladi, qolgan qismini davlat, banklar va Biznesni kafolatlash kompaniyasi ta‘minlaydi.
18 avgust 2026, 11:56 Biznes
TXMM va Enterprise Uzbekistan 2027-yilda $20−25 mlrd jalb qilish uchun ishga tushiriladi
Kelgusi yilda Gruziyaning Poti portida 500 ming tonna quvvatga ega logistika markazini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
18 avgust 2026, 11:40 Biznes
450 trln so‘mlik kredit va $1 mlrd xorijiy mablag‘: O‘zbekistonda biznes besh yilda qanday o‘zgardi?
Mirziyoyev tadbirkorlar “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tayotganini ta‘kidladi.
15 avgust 2026, 14:03 Biznes
Soliq qo‘mitasi biznesdan avval to‘langan QQSning bir qismini qaytarishni talab qilmoqda
Idora QQSning bir qismini o‘zi qaytargan, keyinchalik esa uni reytingni hisobga olgan holda qayta hisoblab, ortiqcha to‘langan summani qarzdorlik sifatida hisoblagan.