Avvalroq prezident Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.
Taʼkidlanishicha, ko‘p tadbirkorlar elektr energiyasi va gaz uchun 100% oldindan to‘lov qilish aylanma mablag‘ni qisqartirayotganini bildirgan.
Endi ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15% bo‘ladi.
“Umuman, energetika bo‘yicha boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartiryapmiz. Barcha tumanlarda tadbirkorlarning hozirgi ehtiyoji va ertangi rejasiga qarab ishlaydigan yangi tizim bo‘ladi”, — dedi prezident.
Kelasi yildan qurilish sohasida pudratchi va loyihachilar o‘sishini rag‘batlantiradigan yangi yondashuv joriy etiladi. Qurilish qayerda bo‘lishidan qatʼi nazar, har bir ishchi-soat uchun eng kam ish haqining 5%i miqdorida mablag‘ rejalashtiriladi.
Davlat obyektlari smetasida pudrat korxonalari uchun 7% foyda ko‘zda tutiladi. Qurilish murakkabligiga qarab loyihalash ishlariga obyekt qiymatining 4−7% igacha mablag‘ ajratiladi.
5-avgust kuni Xorazm viloyati tadbirkorlari bilan hukumat komissiyasining ochiq muloqotida biznes uchun elektr energiyasiga to‘lanadigan oldindan to‘lovni ikki baravar kamaytirish taklif qilingandi.
Spot, avvalroq, O‘zbekistonda 50 ta mahsulotni mahalliylashtirish uchun Bond sanoat zonalari tashkil etilishi haqida yozgandi.