Akfa Group kompaniyalar guruhi asoschisi Jahongir Ortiqxo‘jayev xususiy qurilish kompaniyalariga Yangi Toshkentda davlat idoralari uchun ma‘muriy binolarni o‘z hisobidan qurishni, so‘ngra ularni oftake shartnomalari asosida davlatga uzoq muddatli ijaraga berishni taklif qildi. Bu haqda u 18-avgust kuni Xivada o‘tkazilgan prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida ma‘lum qildi.

Ortiqxo‘jayev Vashingtonga tashrifi chog‘ida davlat muassasalari binolarining 55%i xususiy kompaniyalarga tegishli ekani amaliyotini ko‘rganini aytib o‘tdi. Davlat idoralari, jumladan, uning so‘zlariga ko‘ra, Adliya vazirligi va FQB bo‘linmalari ularni uzoq muddatga ijaraga oladi.

Tadbirkorning ta‘kidlashicha, bunday model davlatga yer ajratish, ma‘muriy binolarni qurish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun mablag‘ sarflamaslik imkonini beradi.

akfa group, biznes, davlat tashkilotlari, jahongir ortiqxo‘jayev, ochiq muloqot, tadbirkorlar, yangi toshkent

Uning taklifiga ko‘ra, Yangi Toshkentda xususiy kompaniyalar vazirlik va idoralar uchun binolar qurilishini mustaqil moliyalashtirishi, keyin esa ularni oftake shartnomalari bo‘yicha davlatga uzoq muddatli ijaraga berishi mumkin. Ortiqxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, bunday shartnomalarning mavjudligi kompaniyalarga obligatsiyalar chiqarish va kreditlar olish orqali xorijiy moliyalashtirishni jalb qilish imkonini beradi.

“Xususiy kompaniya o‘zi buyurtmachi bo‘lsa, qurish arzonlashadi va sifati ortadi. Buning natijasida davlat budjetining maʼmuriy binolar qurish uchun mo‘ljallangan mablag‘lari tejab qolinadi”, — deya ta‘kidladi u.

Shuningdek, u loyihaning amalga oshirilishi 100 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratishi mumkinligini ham qayd etdi.

Spot, avvalroq, Akfa Group kompaniyalar guruhi asoschisi Jahongir Ortiqxo‘jayev 2017-yilda mamlakatda islohotlar boshlanganidan buyon O‘zbekistonda biznes yuritish sharoitlari qanday o‘zgargani to‘g‘risida gapirgani haqida yozgandi.