Malayziya turizmni targ‘ib qilish kengashi (Tourism Malaysia) Malayziyaning Olmaotadagi elchixonasi qoshidagi turizm bo‘limi orqali nufuzli va tajribali marketing agentliklarini kompleks marketing xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tenderda ishtirok etishga taklif qiladi.
2026−2027-yillarda tanlangan agentlik Markaziy Osiyo mintaqasidan, jumladan O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikistondan sayyohlar oqimini va ularning Malayziyada bo‘lish muddatini oshirishga qaratilgan maqsadli marketing tashabbuslarini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘ladi.
Tenderda xalqaro turizm marketingi sohasida tasdiqlangan tajribaga ega hamda Markaziy Osiyo mintaqasida mavjud yoki operatsion imkoniyatlarga ega malakali agentliklar ishtirok etishi mumkin.
PRdan tahlilgacha: agentlik vazifalariga nimalar kiradi
Xizmatlar hajmi:
- Reklama va marketing tadbirlarini o‘tkazish, shu jumladan: mijozni PR qo‘llab-quvvatlash, tadbirlarni tashkil etish, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarda ko‘maklashish, yo‘nalishlar imijini shakllantirish, ingliz va mahalliy tillarga tarjima qilingan ommaviy axborot vositalari materiallari va press-relizlarni to‘plash, intervyular va matbuot anjumanlarini tashkil etish, zarur hollarda ingliz tilida tezislar, nutqlar va press-relizlarni tayyorlashda yordam berish.
- O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikistondagi turistik agentlar va OAV aloqalarining ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish, tuzish va yuritish. Sohaning аsosiy jurnalistlari va sayohat mavzusidagi maqolalar mualliflari bilan aloqa o‘rnatishga ko‘maklashish, shuningdek, Malayziyaning bozordagi ishtirokini mustahkamlash bo‘yicha keyingi chora-tadbirlarni taklif qilish va amalga oshirish, ayniqsa, Visit Malaysia 2026 kampaniyasi doirasida.
- O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qozog‘istondagi auditoriya orasida Malayziyaning ustuvor sayyohlik yo‘nalishi sifatida tanilishini oshirish uchun Instagram, TikTok, Telegram, Facebook va YouTube kabi ijtimoiy tarmoqlarda haftasiga kamida ikkita post yoki kontent yangilanishlari chastotasi bilan kontent ishlab chiqish va faoliyat yuritish.
- O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston uchun alohida tashkil etilgan turoperatorlar va sayyohlik agentliklari bilan yo‘nalish bo‘yicha onlayn vebinarlar o‘tkazish — har bir mamlakat uchun 12 oy davomida kamida bitta sessiya.
- Bozor tendensiyalari, raqobatchilar faoliyati, aviatsiya sohasidagi voqealar yoki inqirozli holatlar, tarmoq ommaviy axborot vositalaridagi nashrlar, siyosiy voqealar va har bir bozor — O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston bo‘yicha dolzarb maqolalarni o‘z ichiga olgan haftalik biznes sharhini taqdim etish.
- Malayziyaning turistik yo‘nalish sifatidagi imijiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan salbiy yoritilishning oldini olish uchun Markaziy Osiyo auditoriyasiga ochiq bo‘lgan oflayn va onlayn kanallar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi barcha yangiliklarni kuzatib borish va sharhlash. Salbiy materiallar paydo bo‘lgan taqdirda esa ularning oqibatlarini minimallashtirish bo‘yicha mijozga zudlik bilan amaliy va asoslangan tavsiyalar, yondashuvlar hamda strategiyalarni taqdim etish.
- Mijozga qiyinchiliklarga samarali javob berishga va belgilangan maqsadlarga erishishga yordam beradigan bozor tahlilini va turizm sohasi faoliyati va kampaniyalari tahlilini doimiy ravishda taqdim etish.
- Mijozga matbuot bilan aloqalar, turistik mahsulotlar va yo‘nalishlarni targ‘ib qilish, korporativ PR, lobbichilik va zarur hollarda maslahat berish bo‘yicha yordam ko‘rsatish.
- Shaxsiy sayohat tajribasiga ega bo‘lish va Visit Malaysia 2026 kampaniyasi haqida xabardorlikni oshirish maqsadida Malayziyaga tanishuv sayohatlarida (FAM-turlar) ishtirok etish uchun tegishli sayyohlik agentliklari va ommaviy axborot vositalari vakillarini tavsiya qilish.
- Matbuotdan parchalarni to‘liq ingliz tiliga tarjimasi bilan to‘plash va agar mumkin bo‘lsa, ularning tijorat qiymatini umumlashtirish.
- Mijozning yozma roziligi bilan bosma, tashqi, elektron va onlayn ommaviy axborot vositalarini o‘z ichiga olgan turli media kanallari orqali Malayziyani samarali targ‘ib qilish strategiyalarini mijozga taklif qilish.
- Zaruratga ko‘ra va mijozning yozma roziligi asosida Malayziya turizm, san’at va madaniyat vaziri boshchiligidagi savdo missiyalari, roadshoular, seminarlar, B2B va B2C tadbirlari, shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan reja majburiyatlariga kiritilmagan boshqa faoliyat turlari kabi maxsus loyihalarni bajarish.
- O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston bozorlarida Malayziyani rivojlantirish va ilgari surishga ko‘maklashish uchun mijoz tadbirlariga tashrif buyurish.
- Shartnomaning butun muddati davomida mijoz portfelini eksklyuziv boshqarish uchun shtatdagi xodimlar yoki hisob menejerlarini ajratish. Bu barcha reklama va marketing tadbirlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish, ommaviy axborot vositalari bilan bog‘liq vazifalarni nazorat qilish, kampaniyalar samaradorligini kuzatish va hisobot berish, mijoz bilan doimiy aloqani ta’minlash va barcha tashabbuslarning mijoz maqsadlari va brend kitobiga mos kelishini ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Menejerlar mijozning reklama, marketing va ommaviy axborot vositalari faoliyati bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha asosiy aloqa yuzi bo‘lishlari kerak.
- Marketing vakillik agentligi O‘zbekistonda kompaniya sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi hamda Turkmaniston va Tojikistonda filial, affillangan shaxs, kontragent yoki hamkorga ega bo‘lishi kerak.
- Barcha tegishli to‘lovlar, soliqlar va xarajatlarni o‘z ichiga olgan 12 oylik shartnoma davri uchun AQSH dollari (USD)da oylik abonent to‘lovi miqdorini taklif qilish. Abonent to‘lovi shartnomada kelishilgan jadvalga muvofiq to‘lanadi va ish hajmida ko‘rsatilgan barcha xizmatlarni qamrab oladi.
Manfaatdor agentlik texnik topshiriqni elchixonaning elektron pochtasi orqali so‘rashi mumkin. Agentlik 2026-yil 22-fevraldan kechiktirmay kompleks marketing taklifini taqdim etishi shart.
Malayziyaning Qozog‘istondagi elchixonasining turizm bo‘limi Olmaota shahri, Medeu tumani, Yelebekov ko‘chasi, 10-uy manzilidagi Venus biznes markazining uchinchi qavatida joylashgan.
Telefonlar: (+7) 727−355−1430, 1439.
E-mail: mtpbalmaty@gmail.com
Reklama huquqlari asosida.
