Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiyasi mahalliy sanoat tomonidan ishlatiladigan bir qator tovarlar uchun import bojlarini vaqtincha pasaytirish taklifini ma‘qulladi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Komissiyaning 14-fevraldagi yig‘ilishida ushbu tashabbus ko‘rib chiqildi. Bayonnomaga ko‘ra, uni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, O‘zeltexsanoat rahbari Mirziyod Yunusov va O‘zbekzargarsanoati rahbari o‘rinbosari Nodir Mirahmedov ilgari surdi.

Pasaytirilgan boj stavkalari 20 ta tovar toifasiga taalluqli bo‘lib, 2026-yil 17-fevraldan 2027-yil 1-yanvargacha amal qiladi.

Tovarlarning to‘liq ro‘yxati, shuningdek ular uchun pasaytirilgan stavkalar quyidagi jadvalda keltirilgan:

TIF TN kodiTovar nomiImport boji stavkasi, %
2009 11 190 2
2009 11 190 3
2009 11 990 1
2009 11 990 3
2009 12 000 2
2009 19 190 2
2009 19 1903
2009 19 980 1
Apelsin sharbati ishlab chiqarish uchun apelsin konsentratlari
3
2009 21 0001
2009 29 190 2
2009 29 190 3
2009 29 990 1
Greypfrut va pamelo sharbati ishlab chiqarish uchun greypfrut va pamelo konsentratlari
3
2009 31 510 1
2009 31 590 1
2009 31 910 1
2009 31 990 1
2009 39 190 2
2009 39 190 3
2009 39 310 1
2009 39 390 1
Boshqa sitrus mevalarning sharbatlarini ishlab chiqarish uchun konsentratlari
3
2009 49 190 2
2009 49 190 3
2009 49 990 1
Ananas sharbati ishlab chiqarish uchun ananas konsentratlari
3
2403 91 000 0
Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan “gomogenlashtirilgan” yoki “tiklangan” tamaki
20
2403 99 900 2
Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan “kengaytirilgan” jilkalar
20
2403 99 900 8
Tamaki ekstraktlari boshqalar
20
3802 10 000 0
Faollashtirilgan ko‘mir
2
3802 90 000 0
Boshqa ko‘mir
2
4813 10 000 0
Sigaret qog‘ozi kitobcha yoki trubka ko‘rinishida
3
4813 20 000 0
Sigaret qog‘ozi rulonlarda, eni 5 sm dan oshmaydigan
3
4813 90 100 0
Sigaret qog‘ozi rulonlarda, eni 5 sm dan ortiq, lekin 15 sm dan oshmaydigan
3
4813 90 900 0
Sigaret qog‘ozi, boshqalar
3
5601 22 100 0
Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan kimyoviy tolalardan vata rulonlarda, diametri 8 mm dan oshmaydigan
5
5601 22 900 0
Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan kimyoviy tolalardan vata, boshqalar
5
7101
Tabiiy yoki sun’iy yetishtirilgan marvaridlar, ishlov berilgan yoki ishlov berilmagan, saralangan yoki saralanmagan, lekin bog‘lanmagan, o‘rnatilmagan yoki burg‘ulanmagan; tashish qulayligi uchun vaqtincha tikilgan tabiiy yoki madaniy marvaridlar
0
7102
Olmoslar, ishlov berilgan yoki ishlov berilmagan, ammo gardishga solinmagan yoki mahkamlanmagan
0
7103
Qimmatbaho (olmosdan tashqari) va yarim qimmatbaho toshlar, ishlov berilgan yoki ishlov berilmagan, saralangan yoki saralanmagan, lekin bog‘lanmagan yoki gardishga solinmagan yoki mahkamlanmagan; saralanmagan qimmatbaho toshlar (olmoslardan tashqari) va tashish qulayligi uchun vaqtincha bog‘langan yarim qimmatbaho toshlar
0
7104
Qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho toshlar, sun’iy yoki rekonstruksiya qilingan, qayta ishlangan yoki ishlov berilmagan, saralangan yoki saralanmagan, lekin bog‘lanmagan, gardishga solingan yoki mahkamlanmagan; saralanmagan sun’iy yoki rekonstruksiya qilingan, tashish qulayligi uchun vaqtincha bog‘langan qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho toshlar
0
7605 11 000 0
Kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan alyuminiy simlar: 7 mm dan ortiq maksimal ko‘ndalang kesimga ega bo‘lgan, legirlanmagan alyuminiydan
0

Import qilinadigan ko‘mir va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan materiallarga imtiyozli stavkalarni qo‘llash uchun Loyihalar va import kontraktlarini ekspertiza qilish markazining ijobiy xulosasini olish talab etiladi. Aks holda, ularga umumiy asoslarda soliq solinadi.

Imtiyozlar ta‘siri

Komissiya yig‘ilishida ta‘kidlanganidek, alyuminiy sim uchun bojlarning vaqtinchalik nolga tushirilishi tufayli 2025-yilda alyuminiy kabel ishlab chiqarish hajmi ikki baravardan ko‘proqqa, eksport esa 29%ga oshdi. Shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 19%ga, budjetga tushumlar 89%ga oshgani qayd etildi.

Sharbat va nektar ishlab chiqarish uchun ayrim mevalar konsentratlariga boj stavkalarining vaqtincha pasaytirilishi ularning eksportini 82%ga oshirish imkonini berdi. Sohada yangi ish o‘rinlari soni 13%ga, soliq tushumlari qariyb 90%ga oshdi.

Marvarid va qimmatbaho toshlar importiga nol darajali bojlar joriy etilishi zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining fizik ko‘rinishda 2,6 baravarga (deyarli 13 tonnaga), pul ko‘rinishida esa 4,8 baravarga (10,3 mlrd so‘mga) o‘sishini ta‘minladi. Zargarlik buyumlari eksporti 4 barobar oshdi.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev 14-fevral kuni oziq-ovqat eksportchilari bilan ochiq muloqotda mahalliy sanoatda ishlatiladigan 200 turdagi mahsulotlarga bojlar qayta ko‘rib chiqilishini ma‘lum qildi. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi vakili Doniyor G‘aniyev 183 turdagi tovarlar uchun bojlarni kamaytirish rejalashtirilayotganini ma‘lum qildi.

Avvalroq 1-iyundan O‘zbekiston hamkor davlatlar bilan suv va salqin ichimliklar bo‘yicha markirovka kodlarini o‘zaro tan olishi haqida xabar berilgandi.