Nima uchun Wolt O‘zbekistondan ketmoqda? Mutaxassis fikri

Spot Semyon Morgunov bilan Wolt’ning ketishga qaror qilishi sabablari, bugungi kunda yetkazib berish sohasidagi raqobat qanday ekani hamda xalqaro o‘yinchining bozorni tark etishi O‘zbekiston uchun nimani anglatishini muhokama qildi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistondagi 20 ayol tadbirkor haqidagi ilhomlantiruvchi hikoyalar

Spot turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ayollar hikoyalarini jamladi. Unda kitob do‘koni asoschilari, biznes yuritayotgan, formula poygalarida qatnashayotganlar hamda dasturlashda muvaffaqiyat qozongan ayollar haqida so‘z yuritiladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Toshkent bosh rejasi $16,2 mlrdlik 31 ta yirik loyiha uchun o‘zgartirildi

28 ta turar joy majmuasi, 5 ta mehmonxona, 2 ta biznes markazi, talabalar yotoqxonasi qurish hamda Yangi avlod hududini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixiy rekordni yangilab $77 mlrddan oshdi

Fevralda mamlakatning xalqaro zaxiralari $2 mlrdga oshdi. Oltin qiymati ko‘tarilib, $67,7 mlrdga yetdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Gaz uchun bazaviy me‘yor barcha hududlarda 15-martgacha uzaytirildi
    Bunga sovuq havo massasi mamlakatning boshqa hududlariga ham kirishi ehtimoli sabab bo‘lgan.
  2. Tibbiyot oliygohlarida super-kontrakt bekor qilinishi mumkin
    Qaror loyihasi bilan, tibbiyot OTMlarida 5+1 shaklidagi 6 yillik umumiy tibbiyot yo‘nalishini joriy etish va minimal o‘tish ballarini oshirish ko‘zda tutilgan.
  3. Toshkentda yangi binolar va korxonalar loyihalarida gaz o‘rniga muqobil manbalardan foydalanish talab etiladi
    Yirik loyihalar uchun infratuzilma yig‘imi 1,1 dan 3 gacha bo‘lgan koeffitsiyent asosida hisoblab chiqiladi.
  4. O‘zbekistonda moliyaviy mustaqil va 21 yoshga to‘lgan yoshlar o‘rtasidagi nikoh rag‘batlantiriladi
    2027-yildan boshlab nikoh shartnomasi tuzgan yoshlar nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish bojidan ozod etiladi, ayrim oilalarga beriladigan subsidiya va grantlar esa 1,5 baravarga oshiriladi.
  5. Prezident 8-mart munosabati bilan bir guruh tadbirkor ayollar va top-menejerlarni mukofotladi
    Ular orasida IT Park‘ning eksport bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mahliyo Muksinova, shuningdek, Nova School va Flowers Anya rahbarlari bor.
  6. Toshkentda barcha avtobus bekatlaridagi do‘konlar olib tashlanadi
    O‘rganishlarda avtobus bekatlaridagi 110 ta savdo do‘konining 61 tasida egalik huquqini beruvchi hujjatlari yo‘qligi aniqlandi.
  7. P2P-o‘tkazmalarida o‘tkazma maqsadini ko‘rsatish funksiyasini joriy etish ixtiyoriy — Markaziy bank
    Moliyaviy tashkilotlar ushbu funksiyani o‘z texnik imkoniyatlari va ichki siyosatidan kelib chiqib joriy etishi yoki takomillashtirishi mumkin.
  8. O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi
    Unga ko‘ra, 2026-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 715 ming so‘mni tashkil etdi.
  9. Yangi farmatsevtika vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar 3 yilga yer solig‘idan ozod etiladi
    Tadbirkorlar loyiha ishga tushgandan boshlab 3 yil davomida foyda va mol-mulk soliqlarini to‘lamaydi.
  10. “Bosh reja bu dogma emas, unga doimiy tarzda o‘zgartirishlar kiritib boriladi” — Sherzod Kudbiyev
    Hududiy zichlik saqlangan holda ayrim joylarda ko‘p qavatli binolar qurilishiga ruxsat berilib, boshqa hududlarda yashil maydonlar va infratuzilma rivojlantiriladi.