Dam olish kunlari ayrim banklar orqali valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi
4−5-aprel — shanba va yakshanba kunlari bank bo‘limlarida valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi. Bular:
- Agrobank;
- APEX BANK;
- O‘zmilliybank;
- Tenge bank;
- Hamkorbank;
- Anorbank;
- Garantbank;
- Hayot bank;
- Asakabank;
- Universalbank;
- O‘zsanoatqurilishbank;
- Trastbank;
- Ipoteka-bank;
- Saderat bank;
- InfinBank;
- Asia Alliance bank;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- Ipak Yuli Banki;
- Mikrokreditbank;
- Kapitalbank.
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Avvalroq Spot Markaziy bank fevralda 11 ta bankni jarimaga tortgani haqida yozgandi.
Shuningdek, 14 ta bank va 4 ta to‘lov tashkiloti chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.