Dam olish kunlari ayrim banklar orqali valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi
11−12-aprel — shanba va yakshanba kunlari bank bo‘limlarida valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi. Bular:
- Agrobank;
- APEX BANK;
- O‘zmilliybank;
- Tenge bank;
- Hamkor bank;
- Anorbank;
- Garantbank;
- Hayot bank
- Asakabank;
- Universalbank;
- O‘zsanoatqurilishbank;
- Trastbank;
- Orient Finance bank;
- Ipoteka bank;
- Saderat bank;
- InfinBank;
- Asia Alliance bank;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- Mikrokreditbank;
- Xalq banki;
- Aloqabank;
- Ipak Yuli Banki;
- Kapital bank.
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Avvalroq Markaziy banki tomonidan Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari sotuvi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Sotuvda Amir Temur siymosi aks etgan, 31,1 gramm og‘irlikdagi 2 xil dizayndagi esdalik tangalari va har biri 31,1 gram bo‘lgan 3 talik suvenir to‘plamlari bor.
Tangalar 999,9 asillikdagi oltin va kumushdan tayyorlangan bo‘lib, yuqori badiiy va kolleksion qiymatga ega.