Ogohlantirish va kompensatsiyalarsiz: Toshkentda biznes bekatlardan qanday ko‘chirilmoqda va bu ularga qanchaga tushmoqda?

Spot o‘zgarishlar ta’sir qilgan savdo nuqtalari egalar bilan jarayon amalda qanday kechayotgani, tadbirkorlar qanday muammolarga duch kelayotgani va ularga qanday muqobil variantlar taklif qilinayotgani haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


“Soliq san’atkorlarga yuk bo‘lmaydi” — mutaxassis san’atkorlarning soliqqa tortilishi haqida

Spot soliq maslahatchisi Murod Muhammedjanov bilan san’atkorlarning soliq to‘lash tartibi hamda muhokamaga qo‘yilgan yangi tizim yuzasidan suhbatlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Endi alkogol mahsulotlarini naqd pulga sotib olib bo‘lmaydi. Restoran biznesi bu haqda qanday fikrda?

Spot restoran biznesi egalari va soha vakillari bilan naqd pulsiz to‘lov jarayoni hamda bu borada yuzaga kelayotgan muammolar haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Renovatsiya uchun mulkdorlarning 80% roziligi talab etiladi. Dastlabki loyihada bu ko‘rsatkich 100% edi

Buzish va qurish ishlari uy-joy egalariga kompensatsiya to‘liq to‘lab berilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Instagram postlar ostidagi izohlarni tahrirlash imkoniyatini qo‘shmoqda.
    Foydalanuvchilar o‘z izohlarini e’lon qilinganidan keyin 15 daqiqa ichida tahrirlashlari mumkin bo‘ladi.
  2. Amir Temur esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari sotuvi yo‘lga qo‘yildi.
    Sotuvda Amir Temur siymosi aks etgan, 31,1 gramm og‘irlikdagi 2 xil dizayndagi esdalik tangalari va har biri 31,1 gram bo‘lgan 3 talik suvenir to‘plamlari bor.
  3. “Faqat yangi foydalanuvchilar uchun”: bank ilovalariga kirishdagi yangi talablar bo‘yicha izoh berildi.
    22-apreldan mobil bank ilovalarida akkauntga faqat o‘ziga yoki yaqin qarindoshlariga tegishli karta va hisoblarni biriktirish mumkin bo‘ladi. Markaziy bank bu talablar asosan yangi mijozlarga tatbiq etilishini bildirdi.
  4. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda $8 mlrddan ko‘proqqa kamaydi.
    Mart oyida oltin narxining pasayishi fonida xalqaro zaxiralar ketma-ket yetti oylik o‘sishdan keyin 10% ga qisqarib, $68,99 mlrdni tashkil etdi.
  5. O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish uchun P2P-o‘tkazmalar monitoringi kuchaytiriladi.
    Prezident raqamli tahlil va sun’iy intellektdan foydalanib, aqlli nazorat tizimini joriy etish orqali 2026-yilda budjetga qo‘shimcha 30 trln so‘m tushumni ta’minlashni topshirdi.
  6. Senat shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.
    Mulkdorlarga to‘rt xil shaklda kompensatsiya berilishi hamda uning miqdoriga qo‘shimcha ravishda 12% bir martalik to‘lov to‘lanishi nazarda tutilmoqda.
  7. Tuxumdan uy-joy ta’mirigacha: mart oyida O‘zbekistonda eng ko‘p nimalar qimmatlashdi?
    Oy davomida benzin biroz arzonlashdi, shuningdek samolyot va poyezd chiptalari narxi ham pasaydi.
  8. Haval O‘zbekistonda ishlab chiqarishni ikki baravar, BYD esa 65% ga oshirdi.
    UzAuto Motors modellaridan faqat Cobalt va Tracker ko‘rsatkichlari o‘sib bormoqda. Damas ishlab chiqarish 5% ga, Onix — 22% ga kamaydi.
  9. UzAuto Motors, Navoiyazot va IESlar: yirik aktivlarni xususiylashtirish bo‘yicha axborot berildi.
    Endilikda tadbirkorlik uchun yer maydonlari ruxsat beruvchi hujjatlari bilan birga tayyor biznes loyihasi sifatida auksionga chiqariladi.
  10. Mol va qo‘y go‘shtini import qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi.
    1-apreldan 1-avgustgacha go‘sht importi uchun havo tashuvi xarajatining 50%i (1 kg uchun $0,8 gacha), yil oxirigacha esa nasldor qoramol importiga 10% (har boshiga 4 mln so‘mgacha) subsidiya beriladi.