Bugun, 13:20 Texnologiyalar

YouTube sun’iy intellekt qidiruv tizimini ishga tushirdi

Funksiya YouTube videolarni ochmasdan turib ulardagi kerakli ma’lumotni tezda topish imkonini beradi. Biroq u hozircha faqat AQShlik foydalanuvchilar mavjud.
Bugun, 13:14 Biznes

Farg‘onada Tulpor brendi ostida traktorlar ishlab chiqarish korxonasining qurilishi boshlandi

Shu bilan birga, Qo‘qon EIZda jami qiymati $35 mlnlik qadoqlash idishlari, farmatsevtika mahsulotlari va bo‘yoqlar ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.
Bugun, 12:30 Biznes

TBC Bank Group O‘zbekistondagi BILLZ startapidan $12 mlnga nazorat paketini sotib oladi

TBC aksiyalarning 53%ini $9 mlnga xarid qildi hamda ikki yil ichida ulushini 60% ga oshiradi. Keyinchalik guruh qolgan 40% ni sotib olishi mumkin.
Bugun, 10:51 Energetika

O‘zbekiston yadroviy zarar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shiladi

U yadroviy hodisalar oqibatida odamlarning o‘limi, mol-mulkka yetkazilgan zarar va iqtisodiy yo‘qotishlar uchun javobgarlikni nazarda tutadi.
Bugun, 09:48 Iqtisodiyot

Sirdaryoda ichimlik va oqova suv narxlari oshiriladi

Aholi uchun bir metr kub ichimlik suvi narxi 4500 so‘mni, budjet va boshqa tashkilotlar uchun esa 13 ming so‘mni tashkil etadi.
Kecha, 21:35 Iqtisodiyot

Fitch O‘zbekiston kredit reytingini “BB” darajasiga ko‘tardi

Bungacha S&P va Moody’s agentliklari mamlakat reytingi bo‘yicha prognozni “ijobiy” darajagacha yaxshilagandi.
Kecha, 21:17 Iqtisodiyot

XVJ O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligini qayta tashkil etishga chaqirdi

Vazirlik 2022-yil oxirida Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi negizida tashkil etilgan.
Kecha, 20:31 Iqtisodiyot

Rossiyada xorijliklar, shu jumladan o‘zbekistonliklar kirishini ro‘yxatga olish ilovasi ishga tushdi

Ro‘yxatdan o‘tish uchun shaxsiy ma’lumotlarni ko‘rsatish va biometrik identifikatsiyadan o‘tish, shu jumladan ovozni yozib olish kerak.
Kecha, 19:01 Biznes

Uzbekistan Airways 2026-yilda ikkita tor fyuzelyajli Airbus A321neo samolyotini oladi

172 o‘rinli laynerlar CALC kompaniyasidan lizingga olinadi hamda ularning bortida internet mavjud bo‘ladi.
Kecha, 18:27 Biznes

IT Park va Xitoyning XNode kompaniyasi Shanxayda innovatsion xab yaratishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, Xitoyning bir qator IT-kompaniyalari O‘zbekistonda mintaqaviy ofislar ochishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Kecha, 17:59 Iqtisodiyot

Markaziy bank O‘zbekistonda nasiya bozorini tartibga solishni taklif qilmoqda

Kredit tashkilotlari muddatli to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kredit byurolariga taqdim etishni va ortiqcha to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq oshkor qilishni talab qilishlari mumkin.
Kecha, 17:08 Texnologiyalar

YouTube jonli efir o‘tkazish uchun minimal yosh talabini oshiradi

Unga ko‘ra, 22-iyuldan videoxostingda kattalar nazoratisiz jonli efir o‘tkazish imkoniyati 16 yoshdan qilib belgilanmoqda.
Kecha, 17:00

Bigmart: O‘zbekistonda korporativ xaridlar qanday raqamlashtirilmoqda?

Bigmart asoschisi va bosh direktori Ilhom Omonov xaridlarga bo‘lgan yondashuvning o‘zgarishi hamda Bigmart nima uchun shunchaki B2B bozori emas, balki biznes uchun texnologik ekotizim ekanligi haqida so‘zlab berdi.
Kecha, 16:51 Biznes

Bolt O‘zbekiston shaharlaridan birida sinov loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Platforma aholi va xorijiy sayyohlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishi kutilmoqda.
Kecha, 16:11 Biznes

Citigroup yaqin vaqt ichida O‘zbekiston bozoriga kirishi kutilmoqda

Kompaniya hamkorlikni kengaytirish maqsadida Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda.
Kecha, 16:05 Moliya

Dollar kursi yana ko‘tarildi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 55 so‘mga oshib, 12 586,41 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 15:57 Texnologiyalar

WhatsApp SI yordamida o‘qilmagan xabarlarning qisqacha mazmunini tayyorlaydi

Messenjerdagi xabar xulosalari tugmasi qisqa mazmunni yaratadi. Ma’lumotlar shifrlash bilan himoyalangan, keraksiz chatlarni sozlamalarda olib tashlash mumkin.
Kecha, 14:32 Iqtisodiyot

Eskrou tizimi yangi uy-joylar narxini oshirmaydi — Qurilish vazirligi

Yangi tizim qurilishning shaffofligini oshiradi va loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Kecha, 14:15 Texnologiyalar

Google tasvirlarni yaratish uchun yaxshilangan Imagen 4 modelini taqdim etdi

Ta’kidlanishicha, bu modelda matnni tasvirlash sifati sezilarli darajada yaxshilangan. Shuningdek, uning rivojlangan Imagen 4 Ultra versiyasi ham e’lon qildi.
Kecha, 13:18 Iqtisodiyot

O‘zbekistondan issiqxona pomidorlari eksporti ketma-ket to‘rtinchi yil pasayishda davom etmoqda

Birgina joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistondan issiqxona pomidorlari eksporti hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23%ga kamaygan.
Kecha, 12:05 Iqtisodiyot 1

“O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan” — Pensiya jamg‘armasi

Jamg‘arma pensiya islohoti bo‘yicha har qanday takliflar jamoatchilik muhokamasidan so‘ng, bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ma’lum qildi.
Kecha, 11:29 Ta'lim 1

2025/2026-o‘quv yili uchun OTMlarga qabul yakunlandi

Abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovni 26-iyun kuni soat 23:59 gacha amalga oshirishlari kerak.
Kecha, 10:52 Iqtisodiyot

Senat tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi qonunni qayta ishlashga yubordi

Bandlik agentliklarini migrantlarning xorijda ishlash sharoitlarini tekshirishga jalb qilish taklif etilmoqda.
Kecha, 10:39 Biznes

BYD Xitoyda avtomobil ishlab chiqarishni qisqartirmoqda

Kompaniya avtomobil savdosining sekinlashishi va bozorda ortiqcha transport vositalari mavjudligi sababli shunday qarorga kelgan.
Kecha, 10:03 Iqtisodiyot

O‘zbekiston Markaziy banki valyuta kursi moslashuvchanligini oshirish bo‘yicha tavsiyaga rozilik bildirdi — XVJ

Jamg‘arma valyuta intervensiyalarini cheklashni taklif etdi. 2024-yilda Markaziy bank neytrallik tamoyilini buzib, chet el valyutasini kamroq miqdorda sotdi.
25 iyun 2025, 21:00 Ta'lim

Xorijda ta’lim: Vengriyada grant asosida tahsil olayotgan Barno Dusiyarova hikoyasi

Spot Stipendium Hungaricum stipendiyasi asosida Eotvos Lorand universitetida tahsil olayotgan Barno Dusiyarova bilan dastur va unga hujjat topshirish, intervyudan o‘tish jarayonlari, shuningdek, Vengriya ta’lim tizimi hamda yashash imkoniyatlari borasida suhbatlashdi.
25 iyun 2025, 20:24 Energetika

O‘zbekistonda propanning birja narxi iyun oyi boshidan beri 30% ga oshdi

Seshanba kuni suyultirilgan gazning birjadagi narxi bir tonnasi uchun 6,68 mln so‘mni tashkil etib, bu haftaning o‘zida 6,6% ga qimmatladi.
25 iyun 2025, 19:34 Iqtisodiyot

Valyuta tushumini sotishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarima bekor qilinishi rejalashtirilmoqda

Bunda qimmatbaho metallar va toshlarning noqonuniy aylanmasi uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
25 iyun 2025, 19:03 Iqtisodiyot

O‘zbekistonda ayrim tovarlar uchun ikki baravar import bojini qo‘llash bekor qilinadi

Senat O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi doirasida bu bo‘yicha tegishli qonunni ma’qulladi.
25 iyun 2025, 18:05 Iqtisodiyot

XVJ O‘zbekiston Soliq qo‘mitasini isloh qilishga chaqirdi

Tashkilot yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha inspeksiya ishini yaxshilash va tizimli kamchiliklarni bartaraf etishni tavsiya qilmoqda.
25 iyun 2025, 17:48 Iqtisodiyot

Rossiya Markaziy banki 2026-yildan raqamli rublni ommaviy joriy etishi mumkin

Regulyator Davlat dumasiga yirik banklarda 2026-yil 1-sentabrdan boshlab raqamli rubl bilan operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini ochishi taklifini yubordi.
25 iyun 2025, 17:11 Iqtisodiyot

O‘zbekiston progressiv soliq shkalasiga o‘tishi kerak — XVJ

Shuningdek, tashkilot investitsiya imtiyozlarini qisqartirish, soliq imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish va samarasiz imtiyozlarni bekor qilishni tavsiya qildi.
25 iyun 2025, 16:02 Moliya 1

Dollar kursi yana ko‘tarildi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 75 so‘m 53 tiyinga oshib, 12 531,78 so‘mni tashkil etdi.
25 iyun 2025, 15:44 Texnologiyalar

Chrome foydalanuvchilari uchun sayt manzilini pastki qismga ko‘chirish imkoniyati qo‘shildi

Mazkur yangilanish foydalanuvchilarga veb-sahifalarni ko‘rish uchun eng qulay joyni tanlash imkoniyatini berish maqsadida ishlab chiqilgan.
25 iyun 2025, 14:16 Iqtisodiyot 5

XVJ O‘zbekistonga minimal pensiya yoshini oshirishni tavsiya qildi

Shuningdek, to‘lovlarni avtomatik ravishda indeksatsiyalash taklif etilmoqda. Hukumat 2025-yilda pensiya tizimini isloh qilish loyihasini ishlab chiqadi.
25 iyun 2025, 14:07 Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Shvetsiya mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuv imzoladi

Deklaratsiya noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yish, axborot almashish va konsullik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yaxshilashga qaratilgan.
25 iyun 2025, 13:22 Iqtisodiyot

Rossiyada migrantlarga rus tilidan og‘zaki imtihon joriy etilishi mumkin

Tegishli qonun qabul qilingach, ularning rus tilini bilish bo‘yicha og‘zaki sinov 2026-yildan boshlanishi rejalashtirilmoqda.
25 iyun 2025, 10:54 Moliya

Tijorat banklarini sanatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi qonun imzolandi

Sanatsiya birinchi navbatda tizimli ahamiyatga ega banklar to‘lovga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi.
25 iyun 2025, 10:21 Qiyofa

AQSh Kongressida WhatsApp’dan foydalanish taqiqlandi

Messenjer ma’lumotlarni himoya qilishda yetarlicha shaffof emasligi, saqlanayotgan ma’lumotlarning ishonchli shifrlanishini ta’minlay olmasligi va xavfsizlik nuqtai nazaridan zaif bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.
25 iyun 2025, 09:51 Iqtisodiyot

Jahon banki O‘zbekistonda kichik gidroenergetika sohasini rivojlantirish $200 mln kredit ajratadi

Mablag‘lar kichik gidroenergetika sohasini rivojlantirish va mamlakat bo‘ylab elektr ta’minotini oshirishga qaratilgan yangi loyihani amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi.
Будьте в курсе новостей!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting