Kecha, 21:03 Iqtisodiyot
Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Haftaning shanba va yakshanba kunlari jami 18 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi.
Kecha, 20:45 Energetika
“Qishga tayyorgarlik va issiq vaqtdagi avariyalar” — HET elektr energiyasidagi uzilishlar haqida
Davlat kompaniyasi e’tirozlardan keyin rejaviy o‘chishlar haqida fuqarolarni xabardor qilishni yanada kuchaytirishga va’da berdi.
Kecha, 20:34 Texnologiyalar
Amazonda ishlayotgan robotlar soni ko‘paymoqda — The WSJ
Omborlarda ishlatiladigan robotlar hozirgi kunda 1 mlnni tashkil qiladi va tez orada u yerda ishlaydigan odamlar sonidan oshib ketishi mumkin.
Kecha, 19:21 Iqtisodiyot
O‘zbekiston Kaspiy dengizida o‘z paromlarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda — Transport vaziri
Ilhom Mahkamov Ozarbayjon O‘zbekistondan konteyner temir yo‘l tashuvlari uchun imtiyozli tarifni 2026-yilgacha uzaytirganini ma’lum qildi.
Kecha, 19:07 Texnologiyalar
Yangi iPhone rekord sig‘imli batareyaga ega bo‘lishi mumkin
Kuzda chiqishi rejalashtirilgan iPhone 17 Pro Max rekord darajadagi 5000 mA/soatlik batareya bilan taqdim etilishi kutilmoqda.
Kecha, 18:57 Energetika
O‘zbekiston Rossiyada tadqiqot reaktorini yaratish bo‘yicha konsorsiumga qo‘shiladi
KMTTR nafaqat energetikada, balki tibbiyotda, masalan, saraton kasalliklarini davolashda ham qo‘llanilishi mumkin.
Kecha, 17:24 Iqtisodiyot
Yashil yo‘lak, ECOinvest hamda Raqamli transport — prezident IHT sammitida qanday takliflarni ilgari surdi?
Shavkat Mirziyoyev mintaqada yangi aviaqatnovlar yo‘nalishlarini ochish, aviakompaniyalar o‘rtasida innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, turizm va aviatsiya sohalari o‘rtasida marketing bo‘yicha integratsiyalashgan strategiyalarni ishlab chiqish dolzarbligini qayd etdi.
Kecha, 17:21 Energetika
Burchmullada qiymati $28 mlnlik shamol elektr stansiyasi qurish rejalashtirilmoqda
Quvvati 20 megavatt bo‘lgan stansiya yiliga 129,6 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda.
Kecha, 17:08 Biznes
“Elektr energiyasidagi uzilishlar odatiy me’yorga aylanyapti” — biznes elektr ta’minoti sifati haqida
Spot tadbirkorlar bilan tariflar oshganidan keyin elektr energiyasini yetkazib berish qanday o‘zgargani va uning uzluksizligini ta’minlash uchun biznes nimalarga tayyorligi borasida suhbatlashdi.
Kecha, 16:31 Iqtisodiyot
O‘zbekiston Afg‘onistonga energiya eksportini oshiradi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tranzitini yengillashtiradi
2024-yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 60%ga o‘sib, $1 mlrddan oshdi. Tomonlar yaqin kelajakda uni $2 mlrdga yetkazmoqchi.
Kecha, 16:06 Moliya
Dollar kursi ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 49 so‘m 17 tiyinga oshib, 12 606,73 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 14:46 Iqtisodiyot
Rossiyada migrantlar uchun davlat bojini joriy qiluvchi qonun loyihasi ma’qullandi
Bunda bojlar chet el fuqarolarini vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish uchun qo‘llaniladi.
Kecha, 14:23 Transport
Toshkent metrosining 13 ta bekatidagi ayrim kassalar naqd puldagi to‘lovlar uchun yopildi
Ularning o‘rniga qog‘oz shaklidagi QR-chiptalarni sotib olish uchun maxsus terminallar o‘rnatiladi.
Kecha, 13:58 Biznes
O‘zbekistondagi IT relokantlar yashash ruxsatnomasini olishni soddalashtirish tarafdori — so‘rovnoma
Shuningdek, IT-mutaxassislari IT Card’ni qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish zarur deb hisoblashadi.
Kecha, 13:25 Biznes
Alisher Usmonov dividendlar bo‘yicha rossiyalik milliarderlar reytingida beshinchi o‘rinni oldi
Qayd etilishicha, dividendlar tadbirkorga 2024-yilda 96,2 mlrd rubl ($1,2 mlrd) daromad olib kelgan.
Kecha, 11:27 Startaplar
Qatarning TASMU akseleratorida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda
Qayd etilishicha, ishtirokchilar 200 ming Qatar rialigacha bo‘lgan mablag‘ni moliyalashtirish sifatida olishlari mumkin.
Kecha, 10:50 Biznes
Nogironligi bo‘lganlar bandligini ta’minlagan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi
Bitta tashkilot nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun jami 500 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiya olishi mumkin.
Kecha, 10:02 Iqtisodiyot
Har uchinchi ishlaydigan o‘zbekistonlik kamida bitta kreditga ega — Markaziy bank
2020-yildan boshlab uch va undan ortiq kreditga ega bo‘lgan qarz oluvchilarning ulushi ikki baravarga — umumiy miqdorning 5%idan 11%igacha oshgan.
3 iyul 2025, 22:00 Ta'lim
BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Sabine Mahl tavsiya qilgan 5 ta kitob
Kitoblar orqali inson nafaqat bilim oladi, balki boshqa jamiyat, madaniyat va qarashlarni ham tushunishga o‘rganadi, deydi Sabine Mahl. BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori yetti yoshidan boshlab mutolaani odatga aylantirgan va hozir ham buni hayotining ajralmas qismidek ko‘radi.
3 iyul 2025, 21:24 Biznes
“Undan $10 mln talab qilgan” — Anorbank aksiyadorining Parijda o‘g‘irlanishi tafsilotlari
Le Monde nashrining yozishicha, Qahramonjon Olimovni o‘g‘irlab ketgan shaxslar undan $10 mln talab qilgan, tadbirkor $200 ming avans o‘tkazgan. Fransiyadagi tergovchilar bilan suhbatda u o‘g‘rilardan birini bankirning sobiq sherigiga aloqador “qonundagi o‘g‘ri” deb atagan.
3 iyul 2025, 21:19 Biznes
Yarim yilda O‘zbekistonda Yandex Go haydovchilari va kuryerlari $340 mln daromad oldi
2024-yilda mamlakatda ekotizimda ishlagan haydovchi, kuryer va hamkorlarning umumiy daromadi $530 mlnni tashkil etgan.
3 iyul 2025, 20:50 Iqtisodiyot
10-iyuldan ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabuli boshlanadi
Arizalarni davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali bepul jo‘natish mumkin.
3 iyul 2025, 20:01 Biznes
Tramp va uning oilasi kriptovalyuta loyihalari orqali o‘z boyligini $620 mlnga oshirdi
AQSh prezidenti oilasining aktivlari tarkibida mahsulotlar ishlab chiqarishga oid litsenziya bitimlari hamda kriptovalyutalar tobora ko‘proq ulushni egallamoqda.
3 iyul 2025, 19:41 Iqtisodiyot
Toshkent hokimligi Ozarbayjon kompaniyalari bilan $400 mlnlik shartnomalar tuzdi
Loyihalar 5 yulduzli mehmonxona, turar-joy majmuasi va savdo markazini qurish, restoran va qahvaxonalar tarmog‘ini ishga tushirishni o‘z ichiga oladi.
3 iyul 2025, 19:00
IT Park University ochiq eshiklar kuniga taklif etmoqda
Tadbir 5-iyul kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida abituriyentlar, ota-onalar va axborot texnologiyalari sohasida ta’lim olish hamda karyera qurishga qiziquvchilar uchun o‘tkaziladi.
3 iyul 2025, 17:41 Biznes
TikTok Shop US sotuv xizmatidagi xodimlarini ishdan bo‘shatmoqda
Qayd etilishicha, TikTok aprel oyidan beri ushbu jamoani ishdan bo‘shatishning uchinchi bosqichini o‘tkazdi, ammo bu qancha ish o‘rinlariga ta’sir qilganini oshkor qilmadi.
3 iyul 2025, 17:24 Biznes
Xitoyning China Eastern Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlar uchun ruxsat oldi
Shu bilan biirga, Air China ham ikkita yo‘nalish bo‘yicha mamlakatga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
3 iyul 2025, 16:47 Biznes
Prezident Sea Breeze Uzbekistan master-rejasining yangilangan konsepsiyasi bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi doirasida Kaspiy dengizi bo‘yidagi Sea Breeze dam olish maskani faoliyati haqida ma’lumot berildi.
3 iyul 2025, 16:02 Moliya
Dollar kursi pasayishda davom etmoqda
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 34 so‘m 15 tiyinga pasayib, 12 557,56 so‘mni tashkil etdi.
3 iyul 2025, 15:59 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda bodom narxi qariyb ikki baravarga qimmatlashdi — EastFruit
So‘nggi ikki yarim oy ichida mahalliy navli bodom mag‘zining o‘tgan yilgi hosilining ulgurji narxi bir kilogrammi uchun 65−70 ming so‘mdan 120−130 ming so‘mgacha ko‘tarildi.
3 iyul 2025, 15:56 Biznes
“Bu korporativ xususiyatga ega emas” — Anorbank Qahramonjon Olimovning Parijda o‘g‘irlab ketilishi haqida
Raqamli bank ushbu holat operatsion faoliyatga aloqador emasligini, ishlar odatdagi tartibda davom etayotganini ma’lum qildi.
3 iyul 2025, 15:11 Biznes
Anorbank aksiyadori Qahramonjon Olimov Parijda o‘g‘irlab ketildi
Le Monde nashrining yozishicha, o‘zbekistonlik bankir Nitsaga olib ketilib, u yerda kaltaklangan va tahdidga uchragan. Ikki kundan keyin esa uni ozod qilishgan.
3 iyul 2025, 14:09 Qonunchilik
O‘zbekistonda xususiy oliygohlar uchun talablar kuchaytirilmoqda
Ular ustav fondini kamida $2 mln miqdorida yaratishlari, $350 minglik depozit ochishlari va 5 yillik strategik rivojlanish rejasi bilan konsepsiyani taqdim etishlari kerak.
3 iyul 2025, 13:11 Qiyofa
Paramount kompaniyasi Donald Trampga $16 mln tovon to‘laydi
Bunga Tramp kompaniyaga tegishli CBS News telekanalini Kamala Harris bilan intervyuni to‘liq va tahrirsiz efirga uzatmagani uchun ayblagani sabab bo‘lgan.
3 iyul 2025, 13:01 Biznes
Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligini buzgani uchun 17 ta kompaniyani jarimaga tortdi
Bular qatorida uchta bank — Infinbank, Tengebank hamda Davr Bank filiallari bor.
3 iyul 2025, 11:25 Biznes
Bokuda Made in Uzbekistan brendi ostida doimiy shourum ochildi
Yil oxirigacha O‘zbekiston Ozarbayjonga 1 mln kvadrat metr kafel va keramogranit yetkazib beradi.
3 iyul 2025, 10:40 Biznes
Microsoft 9000 nafargacha xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda
Qisqartirish kompaniyaning boshqaruv jarayonlari va tuzilmasini takomillashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
3 iyul 2025, 09:52 Biznes
O‘zbekiston aviakompaniyalari Isroilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni tiklamoqda
Qanot Sharq 2-iyuldan, Air Samarkand 6-iyuldan, Centrum Air esa 31-iyuldan Tel-Avivga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yadi.
3 iyul 2025, 09:42 Iqtisodiyot
Qoraqalpog‘istonda qiymati 73,4 mlrd so‘mlik turizm zonasi quriladi
Joriy yil dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan hududda 3 ta mehmonxona, 18 ta mehmon uyi, 20 ta o‘tov, 2 ta restoran kabilar joylashtiriladi.
2 iyul 2025, 20:12 Iqtisodiyot
Tadqiqot: O‘zbekiston onlayn ta’lim bozorida nimalar kuzatilmoqda?
Bozorning asosini 35 ta yirik edtech-kompaniyalari tashkil etib, ularning jami daromadi 118 mlrd so‘mga yetgan.