«humans» tegli maqolalar

9 yanvar 2026, 17:36 Biznes

Paylov firibgarlik uning infratuzilmasida sodir etilgani haqidagi Humans ayblovlarini rad etdi

To‘lov xizmatiga ko‘ra, potensial firibgarlik operatsiyalari faqat Humans infratuzilmasiga ulangan bank kartalari orqali amalga oshirilgan.
9 yanvar 2026, 09:58 Biznes

Humansga firibgarlik bo‘yicha 825 ta murojaat kelib tushdi

Kompaniya operatsiyalar ilovadan tashqarida — Paylov tizimida sodir bo‘lganini bildirdi, Markaziy bank esa tekshiruv materiallarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yubordi.
7 yanvar 2026, 10:51 Biznes

Markaziy bank Humans ishini Toshkent shahar IIBBga topshirdi

Huquq-tartibot idoralari Humans ilovasi orqali bank kartalaridan pul yechib olish bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda.
9 dekabr 2025, 17:31 Biznes

Paylov tizimdagi zaifliklar bo‘yicha Humans ayblovlarini rad etdi

Octagram firibgarlik tranzaksiyalari uning tizimidagi zaiflikdan kelib chiqqani haqidagi da’volarni inkor etib, muammo Humans tomonidan shifrlangan kalitlarning noto‘g‘ri saqlanishi bilan bog‘liq ekanini bildirdi.
9 dekabr 2025, 16:52 Biznes

“Paylovdagi texnik zaiflik sabab” — Humans firibgarlik holati bo‘yicha izoh berdi

Humans’dagi ruxsatsiz tranzaksiyalar Paylov infratuzilmasidagi texnik zaiflik bilan bog‘liq ekani aniqlandi. Kompaniya materiallarni Markaziy bank va huquq-tartibot idoralariga topshirgan.
9 dekabr 2025, 13:49 Moliya

Humans foydalanuvchilari puli o‘g‘irlanishi ortidan Markaziy bank ilova orqali o‘tkazmalarni to‘xtatdi

Holat yuzasidan tezkor tekshiruv boshlandi, barcha tranzaksiyalar va texnik jarayonlar o‘rganilmoqda.
3 dekabr 2025, 19:33 Biznes

Asia Alliance Bank Humansni 65 mlrd so‘mlik qarzdorlik uchun sudga berdi

Humans va Humans Companies shartnoma shartlarini muntazam buzib, o‘z majburiyatlarini bajarmagan.
21 oktabr 2025, 18:07 Biznes

Humans sobiq top-menejeri O‘zbekistonda qimor o‘yinlarini tashkil etganlikda ayblanib ushlandi

Behzod Botirov iyul oyida qo‘lga olingan, qamoq muddati 2026-yilning fevraligacha uzaytirilgan. Ish ILMA so‘rovidan so‘ng qo‘zg‘atilgan.
14 iyun 2025, 01:15 Biznes

Sud Humans’ga Octobank oldidagi qarzdorlikni qoplash majburiyatini yukladi

Bank sudga Humans’ga nisbatan da’vo arizasi kiritib, qarzdorlikni undirish va 500 mlrd so‘mdan ortiq zararni qoplashni so‘ragandi.
13 iyun 2025, 16:51 Biznes

Humans Octobank’ga qarshi da’vo kiritib, 403,7 mlrd so‘mni qaytarishni talab qilmoqchi

Shuningdek, kompaniya Octobank tomonidan soxta hujjatlarga asoslangan 292,8 mlrd so‘mlik to‘lov talabnomasi qo‘yilgani uchun Bosh prokuraturaga murojaat qiladi.
12 iyun 2025, 10:20 Biznes

Octobank Humans’dan qarzlar va zararlar uchun 500 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirishni talab qilmoqda

Bank 13-iyun soat 18:00 dan boshlab Humans (Visa) kobeyjing kartalari bo‘yicha operatsiyalarga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishini elon qildi.
6 iyun 2025, 21:05 Biznes

O‘zbektelekom Humans’dan 520 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lashni talab qilmoqda

8-may kuni Toshkent shahar iqtisodiy sudi davlat kompaniyasining ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi da’vosini qanoatlantirdi. Humans apellyatsiya shikoyatini berdi.
5 iyun 2025, 00:39 Biznes

“Tarmoqdan foydalanib, xarajatlarini to‘lamayapti” — O‘zbektelekom Humans da’vosiga javob berdi

Davlat operatori Humans uzoq vaqt shartnoma majburiyatlarini buzib kelgani, qarzdorlikni undirish maqsadida sudga da’vo arizasini kiritganini ma’lum qildi. 8-may kuni Toshkent shahar iqtisodiy sudi Humans’ga nisbatan qaror chiqardi.
4 iyun 2025, 18:05 Biznes

Markaziy bank Maroqandga qo‘yilgan cheklovlar sababli Humans bilan arbitraj boshlanganini tasdiqladi

Humans o‘tgan yilning kuzida to‘lov tashkiloti faoliyatini yarim yilga cheklagan regulyator harakatlaridan ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilmoqda.
3 iyun 2025, 14:36 Biznes

Humans O‘zbekistonga qarshi da’vo arizasi kiritdi. U davlat organlaridan ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilmoqda

Arbitraj muhokamasi Markaziy bank va O‘zbektelekom kompaniyasining xatti-harakatlari ortidan boshlangan.
27 may 2025, 17:20 Biznes 1

Humans Raqobat qo‘mitasidan O‘zbektelekomga qarshi ish ochishni so‘radi

Kompaniya O‘zbektelekom xizmatlar uchun monopol yuqori narx belgilagani va qarzdorlik tufayli Humans’ga internet tezligini pasaytirib, kamsituvchi sharoitlar yaratganini qayd etdi. Antimonopol organ vaziyatni o‘rganmoqda.
22 aprel 2025, 15:54 Biznes

Humans’ga tegishli Maroqand to‘lov tashkilotiga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlandi

O‘tgan yilning kuzida Markaziy bank fuqarolar pullarini bukmekerlik kompaniyalariga o‘tkazish bilan shug‘ullangani uchun UPay savdo belgisiga ega ushbu to‘lov tashkiloti faoliyatini yarim yilga cheklagandi.
31 oktabr 2024, 16:25 Biznes

“Asosiy aybdorni xabardor qilganmiz” — Mamarizo Nurmuratov Humans bilan bog‘liq vaziyat haqida

Sentabr oyida UPay savdo belgisiga ega Maroqand to‘lov tashkilotining to‘lovlarni qabul qilish va amalga oshirish xizmatlari yarim yilga to‘xtatildi. Undan keyin mazkur tashkilotning to‘lov agenti hisoblangan Humans regulyator bu bo‘yicha kompaniyani oldindan xabardor qilmaganini bildirdi.
3 oktabr 2024, 15:54 Biznes

“Regulyator xatti-harakatlari qonunchilikni buzadi” — Humans asoschisi UPay faoliyati yarim yilga cheklangani haqida

Kompaniya qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha oldindan ko‘rsatma olmaganini va cheklovlar sababini OAV orqali bilib olganini ma’lum qildi.
16 sentabr 2024, 12:17 Biznes

Humans o‘zining to‘lov xizmatlarini Humans Pay brendi ostida birlashtirdi

Joriy yilning birinchi yarmida fintex mijozlari soni 45%ga o‘sdi va daromadi $5 mlndan oshdi.
Yangiliklarni o‘tkazib yubormang!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting