Tadbirkorlarga soliq pasportlari tuzilmoqda. Bu haqda Davlat soliq qo’mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tajriba sinov tariqasi­da Mirzo Ulugʻbek tuma­ni hududida joylashgan 54 ta mahalla­da faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining pasportlarini tu­zish, belgilangan joyida mavjudli­gi, haqiqatda shugʻullanayotgan faoliyat turini oʻrganish, hisobotdagi va amal­dagi ishchilar sonini solishtirish, noqonuniy va hujjatsiz faoliyat yuri­tayotganlarni aniqlash va ularni dav­lat roʻyxatidan oʻtkazish tadbirlari oʻt­kazilmoqda.

“Mirzo Ulugʻbek tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan mazkur tad­birlarda ishtirok etish uchun Toshkent shahar moliya boʻlimi, tumanda joylash­gan tijorat banklari hamda davlat so­liq boshqarmasi va inspeksiya xodim­laridan iborat 17 ta ishchi guruhlari tashkil etilgan boʻlib, jami 170 nafar xodim ushbu faoliyatga jalb etilgan”, deyiladi xabarda.

Oʻtkazilgan oʻrganish maʼlumotlari­ga koʻra, tumanda jami 7891 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, shundan 6167 tasi yuridik shaxs va 1724 tasi yakka tartibdagi tadbir­korlarni tashkil etadi.

Ishchi guruh aʼzolari tomonidan 19 avgust holatiga jami 6083 ta tad­birkorlik subyektlarining pasport­lari tuzilib, maʼlumotlar bazasi sha­kllantirilgan.

Shundan, faoliyat turlari boʻyicha — chakana savdo faoliyati bilan shugʻulla­nayotganlar 1172 tani, umumiy ovqatla­nish faoliyati bilan shugʻullanayotganlar 342 tani, ishlab chiqarish faoliyati bi­lan shugʻullanayotganlar 576 tani, quri­lish faoliyati bilan shugʻullanayotgan­lar 238 tani, xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanayotganlar 2554 tani va yakka tartibdagi tadbirkorlar 1 035 na­farni tashkil etadi.

Shu bilan birga, savdo, ishlab chiqa­rish, qurilish hamda xizmat koʻrsatish korxonalarini pasportlashtirish ja­rayonida 1070nafar fuqaroning no­rasmiy ravishda ishlayotganligi hamda 277 nafar yakka tartibdagi tadbirkor­lar tasarrufida 507nafar fuqaroning tegishli hujjatsiz yollangan asosda mehnat qilayotganligi aniqlangan.