Xiva shahriga sayyohlar uchun elektromobillar keltirildi, deb yozadi Avtomobil transport agentligi matbuot xizmati.

Xabarga ko’ra, Xiva shahridagi “Qora ko‘z trans” MChJ bilan Xitoy Xalq Respublikasidagi “WUZHONG COMPANI LIMITED” firmasi o‘rtasida 4 dona elektromobil sotib olish yuzasidan shartnoma imzolangan.

“Ushbu shartnomaga asosan TIF Milliy bank tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari hisobiga jami qiymati 37820 AQSh dollari miqdorida 4 dona elektromobil 2018-yilning 30-sentyabr kuni Xiva shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan „Qora ko‘z trans“ MChJ tomonidan Xiva shahriga olib kelindi”, deyiladi xabarda.

Elektromobillar 14 yo‘lovchiga mo‘ljallangan o‘rindiqlar bilan jixozlangan. Yangi elektromobillarni boshqarish uchun haydovchilar tanlov asosida ishga qabul qilinib, 5 ta qo‘shimcha ishchi o‘rinlari tashkil etiladi.

Olib kelingan elektromobillar Xiva shahriga tashrif buyuradigan sayyohlarga xizmat ko‘rsatishi belgilangan.