Prezidentning joriy yil 11 oktyabrdagi “Davlat mulki ob’ektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida aniqlangan ko‘chmas mulk obyektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda sotilmoqda.

Shuningdek, boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha — qayta baholanmasdan, ularni o‘tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga o‘tkaziladi va savdoga chiqariladi.

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion o‘tkazmasdan, investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug‘ildi.

Unga ko‘ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment tartibi belgilandi.

Eksperiment tartibi bilan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.

“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 3837 ta bo‘sh yer uchastkalari, 1 trl. 37 mlrd. 629 mln. so‘m investitsiya kiritish, 16309 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 39 mlrd. 920 mln.700 mingso‘m miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1551 ta bo‘sh yer uchastkalari 413 mlrd. 38 mln. so‘m investitsiya kiritish, 6199 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 10 mlrd. 471 mln. 200 ming so‘mga sotildi.

Hozirda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 2286 ta bo‘sh yer uchastkalari 37 mlrd. 453 mln. 600 ming so‘m miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.

Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kunda birgina, Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 172 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 313 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

  • Samarqand viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 225 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 950 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Farg‘ona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 101 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 1022 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 39 mlrd. 825 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 15 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 115 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 14 mlrd. 475 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 28 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 411 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 39 mlrd. 680 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 111 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 470 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Buxoro viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 27 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 208 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 660 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Andijon viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 33 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 501 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 8 mlrd.331mln. 596 ming so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 15 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 154 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 850 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi;
  • Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 28 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 366 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 14 mlrd. 900 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi;
  • Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 19 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 160 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 7 mlrd. 140 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 138 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 540 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 330 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 24 mlrd. 580 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 172 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari 1847 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 65 mlrd. 725 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan 11 mlrd. 598 mln. 172 so‘m miqdorga sotildi.

Tadbirkor va investorlar o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yer uchastkalarini hamda bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.