Forbes eng qimmat bloggerlarning yillik reytingini taqdim etdi.

Birinchi o’rinni bolalar o’yinchoqlari namoyishi bo’yicha “Ryan Toys Review” kanalini oilasi bilan birga olib boradigan yetti yoshli Rayan egalladi. Bloggerning yillik daromadi 22 million $ga baholandi, ammo o’tgan yili bu ko’rsatkich 11 million $ni tashkil etgan.

Ikkinchi o’rinda “Vine” platformasida (hozir yopiq) mashhurlikka erishgan amerikalik blogger Jeyk Pol joylashdi. Uning daromadi 21 million $ga baholandi.

Uchinchi o’rinni besh kishi “Dude Perfect” kanali egalladi. Kanal sport tryuklariga bag’ishlangan. Yillik umumiy daromadi 20 million $ga teng.

To’rtinchi o’rinda 18,5 million $ daromad bilan video-o'yinlarni sharhlovchi Daniel Middleton, beshinchi o’rinda stilist Jeffri Star 18 million $ daromad bilan joylashdi.

Forbes reytingni tuzishda 2017 yil 1 iyundan 2018 yil 1 iyungacha bloggerlarning daromadlarini hisoblab chiqdi. Bu soliqdan oldingi foyda, agentliklar, menejerlar va advokatlar uchun mablag' ajratilmagan holat, deya aniqlik kiritadi nashriyot.