“Kommersant” xolding egasi Alisher Usmonov Moskvadagi “Kommersant” nashriyot uyining eski binosida 30 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda joylashgan turar-joy majmuasi quradi. Bu haqda “Vedomosti” gazetasi ikkita broker va Moskva shahar hokimligining xodimiga ilova qilib xabar berdi.

“Moskomstroyinvest” vakili so’zlariga ko’ra, hozirgi paytda binoning egasi — “Vrubelya 4”. SPARK ma’lumotlariga ko’ra, uning sheriklari “Kommersant Holding” MCHJ (99,9%) va Kiprda ro’yxatga olingan “Kommersant Holding Limited” (0,1%), Usmonov esa benefitsiari hisoblanadi.

Gazetaning yozishicha, turar joy kompleksi yer osti avtomobillar to’xtab turish joyi bilan ta’minlanadi. Moskva shahar hokimligining xodimi kompaniya noyabr oyining oxirida loyihaning me’moriy va shaharsozlik qarorini tasdiqlovchi sertifikat olganini xabar qildi.

Binoning bir qismi 5 dekabr kuni buzilgan.

2015 yilning dekabrida Usmonov “Kommersant Holding” MChJning yagona to’g’ridan-to'g'ri egasi bo’lgan.