Turizm sohasini yanada rivojlantirish,turizm brendini yaratish va targ‘ib qilish maqsadida Toshkent shahrining turizm brendi sifatida logotip qabul qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Mazkur Turizm brendi xorijiy va mahalliy turizm ko‘rgazmalarida,savdo yarmarkalarida,tashkil etilgan turli tadbirlarda, Toshkent shahri va madaniy ob’ektlariga yo‘naltiruvchi yo‘l xaritalarida, gaydbuklarda, reklama banerlar va bilbordlarida, shaharning turizm salohiyatini targ‘ib qiluvchi video-roliklar va ko‘rsatuvlarda namoyon bo’ladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, logotip turizm ob’ektlarida va uning atrofida joylashgan savdo rastalarida sotilayotgan suvenir-sovg‘a, kiyim — boshlar, milliy mahsulotlarda aks ettiriladigan bo‘ldi.

Ilgari Spot Moskvalik mashhur dizayner Artemiy Lebedev Toshkent shahri uchun logotip yaratish bo’yicha tanlovda ishtirok etish niyatida ekanligi haqida xabar bergan edi.