Samsung Galaxy A9 Pro (2019) smartfonini taqdim qildi. Qurilma O’tgan yilgii Galaxy A8s'ning xalqaro modeli bo’lib chiqdi, deb yozadi “Gizchina”.
Smartfon Galaxy A8s ning asosiy xususiyatlarini saqlab qoldi. Bu 6,4 dyuymli IPS Infinity-O ekrani bo’lib, tomonlari o’zaro 19.5:9 nisbatda. Qurilma ichida Qualcomm Snapdragon 710 protsessori, 6/8 Gb operativ va 128 Gb ichki xotira o’rnatilgan.
Galaxy A9 Pro (2019) 24 Mp + 10 Mp + 5 Mp bo’lgan uch kamerali modul bilan jihozlangan. Aynan shunday sensorlar Galaxy A7 (2018) smartfonida ham o’rnatilgan. Yangilik 3400 mAh batareyaga va zaryad qilish uchun USB-C portga ega. Quloqchin ulash joyi yo’q. Qurilma Android 8.1 Oreo’da ishlaydi.
Smartfon 28 yanvarda sotuvga chiqariladi, ammo hozircha Janubiy Koreyada.