30 yanvar kuni Surxondaryo viloyat hokimligida Toshkentdagi ijtimoiy dorixonalar tarmog‘i “GRAND PHARM TRADE” kompaniyasi vakillari bilan bo‘lgan uchrashuv bo’lib o’tdi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Unda 2019 yilda viloyatda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 58 ta ijtimoiy dorixonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi.

Ta’kidlanishicha, ijtimoiy dorixonalardagi dori-darmon vositalari tijorat shaklidagi boshqa dorixonalardagiga nisbatan sifatli, xavfsiz va bir necha bor arzon bo‘ladi.

Viloyatda ijtimoiy dorixonalar faoliyatini o‘z vaqtida va to‘liq yo‘lga qo‘yishda mutasaddi rahbarlar tomonidan yetarli choralar ko‘rilmayotganligi keskin tanqid qilinib, ularga qishloq vrachlik punktlari hududida ijtimoiy dorixonalarni qurish va joylashtirish, ular faoliyatini qisqa muddatda yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.