Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi Hindistonning “The National Small Industries Corporation Ltd” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Xabarga ko’ra, muzokaralardan ko‘zlangan maqsad Sirdaryo viloyatida Hindiston tajribasidan kelib chiqqan holda o‘zaro hamkorlik asosida “Biznes akselerator” tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borish hisoblanadi.

“Biznes akselerator"ni tashkil etish davomida “The National Small Industries Corporation Ltd” hamda “Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi” hamkorlikda O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham bu tajribani tatbiq etish rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu loyiha yoshlarni ish bilan taminlash, ularni tadbirkorlikka qiziqtirish, kichik biznes va kasanachilikni rivojlantirish hamda ma’lum bir kasb-hunarga yo‘naltirish kabi bir nechta vazifalarni o‘z ichiga oladi.