33 ta kompaniya Mirzo Ulug’bek innovatsiya markazining rezidenti maqomidan mahrum bo’ldi. Tegishli buyruq MUIC saytida nashr etilgan.

Istisno qilishning asosiy sabablari shundaki, ushbu kompaniyalar Markaz direktori bilan shartnoma tuzmagan va 2017 yil uchun auditorlik hisobotlarini taqdim etmaganlar. Bir qator kompaniyalar esa ixtiyoriy ravishda voz kechdi. Ulardan ko’pchiligining maktublari 2018 yilda yozilgan.

Rezident maqomini va imtiyozlaridan mahrum bo’lganlar orasida “TEXNO DARGOH” MCHJ, “Norma Ekspert” MChJ, “Rochwin” va boshqa ko’plab kompaniyalar mavjud.

Ixtiyoriy ravishda voz kechganlar esa — “Green Business Innovation” MCHJ, “Mediabay Asia” MCHJ, “Norma online” MCHJ kabi kompaniyalardir.

Yuridik shaxslar davlat ro’yxatiga olingan joyiga qaramasdan rezident maqomiga ega bo’lishi mumkin. Buning uchun bir necha mezonlarga javob bera olishi, jumladan, iqtisodiy jihatdan asoslangan va puxta ishlangan biznes-rejaga ega bo’lishi kerak. Onlayn ravishda murojaat qilish bu yerda.