GM Uzbekistan AJ “O‘zagrosug‘urta” AJ bilan birgalikda Chevrolet Lacetti avtomobilini 1 yil foizsiz muddatli to‘lovga sotib olish xizmatini yo’lga qo’ydi.

Aksiya shartlariga asosan xaridor Lacetti M/T uchun 80 mln so‘m, gazbalon uskunali (GBU) Lacetti avtomobili uchun 85 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov amalga oshirib, qolgan summani bir yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniga ega.

Buning uchun xaridor shartnoma tuzayotgan vaqtda “O‘zagrosug‘urta” mutaxassislari o‘sha joyning o‘zida muddatli to‘lovga berilayotgan summaning 3% miqdorida moliyaviy xatardan hamda muddatli to‘lov summasining garov qiymatidan 1% miqdorda sug‘urta polisini rasmiylashtiradi.

Avtomobil to‘liq to‘lov amalga oshirilmagunga qadar dilerda garovda bo‘ladi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, oylik to‘lovlar shartnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning har 15 sanasigacha amalga oshirilishi lozim. Shartnoma muddati va to‘lov shartlari buzilishga yo‘l qo‘yilgan taqdirda kelishuv bekor qilinadi.

Avtomobil xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlar kompaniyaning rasmiy dilerlariga murojaat qilishlari mumkin.

Aksiya 2019 yilning 30 apreliga qadar davom etadi.

Ilgari Spot GM Uzbekistan Tracker va Malibu avtomobillari uchun foizsiz muddatli to‘lovni 2 yilga uzaytirgani haqida xabar bergan edi.