GM Uzbekistan AJ va “O‘zagrosug‘urta” AJ bilan birgalikda Chevrolet Malibu va Tracker avtomobillarini 1 yilga muddatli to‘lov orqali sotib olish bo‘yicha yangi xizmat ishlab chiqqan edi. Endilikda kompaniya foizsiz to‘lov muddatini 2 yilga uzaytirdi.

“Shuningdek, kirib kelayotgan bahor ayyomlari munosabati bilan aksiyaning amal qilish muddati ham 2019 yilning 21 mart kuniga qadar uzaytirildi”, deyiladi xabarda.

Endilikda xaridor 215 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Malibu Turbo, 190 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Malibu, hamda 128 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Chevrolet Tracker xarid qilib, avtomobilning qolgan summasini ikki yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniga ega bo‘ladi.

Shartnoma tuzilgan vaqtda “O‘zagrosug‘urta” mutaxassislari o‘sha joyning o‘zida muddatli to‘lovga berilayotgan summaning 4,5% miqdorida moliyaviy xatardan hamda muddatli to‘lov summasining garov qiymatidan 2% miqdorda sug‘urta polisini rasmiylashtiradi. Shunda avtomobillar uchun sug‘urta to‘lovi quyidagicha bo‘ladi:

  • Tracker A/T — 1 753 611 (2%) va 3 945 625 (4,5%)
  • Tracker M/T -1 126 177 (2%) va 2 533 898,48 (4,5%)
  • Malibu — 1 715 635 (2%) va 3 860 178 (4,5%)
  • Malibu Turbo- 1 741 244 (2%) va 3 917 799 (4,5%)

Avtomobil uchun to‘liq to‘lov amalga oshirilmaguniga qadar dilerda garovda bo‘ladi. Oylik to‘lovlar shartnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning har 15 sanasigacha amalga oshirilishi lozim.